133. Gapda uyushgan bo‘laklarni jamlovchi umumlashtiruvchi so‘z ko‘pincha qanday so‘zlar bilan ifodalanadi?
A) mustaqil so‘z turkumlari bilan B) barcha so‘z turkumlari bilan C) ot, olmosh va otlashgan so‘zlar bilan D) ot,olmosh, fe’l va ravish bilan
134. Uyushiq bo‘lakli quyidagi gaplarning qay birida umumlashtiruvchi so‘z mavjud emas?
A) Masjidga qatnashdilar: Diyor Salimov, Davlat Usmonov, Sherzod Olimov B) Xolmurodning do‘stlari: Nodir, Qodir va Nozimalar ham birin-ketin qaytib kelishdi. C) Berilgan barcha gaplarga umumlashtiruvchi so‘z mavjud. D) Suv, er, elektr – bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi.
135. Umumlashtiruvchi bo‘lak qaysi gapda qo‘llangan?
A) Negaki, ular meni katta ehtiros, qiziqish bilan kutib oladilar. B) Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladigan o‘zgarishlarni, hollarni, harakatlarni – barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. C) Xullas, Vatanimizning osti ham, usti ham oltindir. D) Albatta, vaqt kutib o‘tirmaydi, o‘tib ketaveradi.
136. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelganda, umumlashtiruvchi so‘zdan oldin qanday tinish belgi qo‘yiladi?
A) vergul B) nuqtali vergul C) ikki nuqta D) tire
137. Bog‘da etilgan olma, anor, uzumlar – hammasidan oldik. Ushbu misoldagi uyushiq va umumlashtiruvchi bo‘laklar gapning qaysi bo‘lagi hisoblanadi?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) hol
138. Umumlashtiruvchi so‘z bilan qo‘llangan uyushiq gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Havo issiq keldi, hamma narsadan go‘yo hovur ko‘tariladi. B) Tong yorisha boshladi, hamma jonlandi. C) Mehmon kirib kelishi bilan, hamma o‘rnidan turdi. D) Atrofni qurshagan tog‘lar, qirlar, daraxtlar – hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday.
GAPNING AJRATILGAN BO‘LAKLARI
1-§. Ajratilgan bo‘laklar haqida umumiy ma’lumot
139. Ajratilgan bo‘laklar uyushiq bo‘laklardan qaysi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi?
A) bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan B) bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi bilan C) bir predmetning ikki xil nomi bo‘lishi bilan D) A, B
Do'stlaringiz bilan baham: |