140. Ajratilgan izoh bo‘lak berilmagan qatorni aniqlang.
A) Oshpaz opa, ellik-ellik besh yoshlarga borib qolgan ayol, yopilgan nonlarni dasta-dasta qilib o‘rarkan, kulib javob berdi. B) yozda, ta’til kunlarida bir necha badiiy asarlar o‘qidik. C) Bu xabar ko‘plarni, shu-jumladan, meni ham, ajablantirdi. D) Bulbullarning, sa’valarning sayrashi bizlarga zavq berardi.
141. U oilasi bilan – xotini, chaqaloq qizi, o‘n besh yoshli o‘g‘li bilan – Oltiariqqa ko‘chib bordi. Bu gapda qaysi bo‘lak ajratilgan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) ega D) kesim
142. Ertasi ertalab qishloq chetida, maktab yonidagi sayhonlikda, ko‘p odam yig‘ildi. Ushbu gapni qanday izohlaysiz?
A) uyushiq bo‘lakli gap B) undalmali sodda gap
C) qo‘shma gap D) ajratilgan o‘rin holli gap.
143. Ajratilgan izoh bo‘lakli gapni toping.
A) Bektemir ko‘zlarini ochganda, yomg‘ir tez va shiddat bilan yog‘moqda edi. B) Afsuski, er yuzida urushsiz yashab bo‘lmayapti. C) Sa’va, mayna, bulbullar, qanot qoqib kelinglar. D) Qobiljon Umaraliev, tasviriy san’at o‘qituvchisi, to‘garak ishini yo‘lga qo‘yib yubordi.
144. Ajratilgan izoh bo‘lakli gapni belgilang.
A) Biz, turli tilga xos adabiyot vakillari, shu til tufayli bir-birimizni yaxshi bilamiz. B) Tejamkorlikni donolikning qizi, qanoatning singlisi va erkinlikning onasi deb hisoblash mumkin. C) Yozda, ta’til kunlarida, bir necha badiiy asarlarni o‘qidim. D) A, C
145. ...Kanal bo‘yidagi soya-salqin choyxonada, avtobus bekatida, A’zamjon uchrab qoldi. Ushbu misolda gapning qaysi bo‘lagi ajratilgan?
A) to‘ldiruvchi B) aniqlovchi C) hol D) ega
146. Hovli etagida – darvozaxonaning shundoqqina ro‘parasida – garaj. Ushbu gapda qaysi gap bo‘lagi ajratilgan?
A) ega B) aniqlovchi C) kesim D) hol
Do'stlaringiz bilan baham: |