126. Bosh bo‘laklar uyushib kelgan gapni toping.
A) Saida kitob bilan, she’r bilan dardlashardi. B) Quyosh, havo – tanga davo. C) Havo salqin, toza. D) O‘rmonlar, bog‘lar uni quvontirdi, to‘lqinlantirdi.
127. Vaziyat (ravish) holi uyushib kelgan gapni toping.
A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. B) Qo‘qon, Farg‘ona va Andijonda yaxshi bir odat bor. C) U mayda-chuyda ishlarni ham aniq va puxta bajarardi. D) U tanib, bilib, keyin so‘rasha boshladi.
128. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Yangi mafkuraning asosi, negizi bormi, yo‘qmi?(I.A.Karimov)
A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) ega va kesim.
129. Onam, opam va singlim bilan mehmonga bordim. Qaysi gap bo‘lagi uyushgan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) ot D) aniqlovchi
130. Uyushiq bo‘lakli sodda gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi. B) Gap tashuvchilarni, tirnoqdan kir izlovchilarni, chaqimchilarni men yomon ko‘raman.C) Bahor keldi, gul ochildi, chaman bo‘ldi yurtimiz. D) Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar.
3-§. Uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar
131. Qaysi uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z qo‘llanmagan?
A) Bog‘imizdagi mevalar: olma, o‘rik, olxo‘rilar mo‘l hosil qildi. B) Berilgan barcha gaplarda umumlashtiruvchi so‘zlar qo‘llangan. C) Suv, er, elektr - bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi.
D) Majlisda qatnashdilar: Sobir Erkinov, Nodir Olimov, Abdulla Saidov va boshqalar.
132. Qaysi uyushiq bo‘lakli gapda umumlashtiruvchi bo‘lak (umumlashtiruvchi so‘z) qo‘llangan?
A) Kamtarinlikni, zahmatkashlikni, sabot va sobirlikni Asqad Muxtordan o‘rgansak bo‘ladi B) Aql, bilim va hikmat – oltindan qimmat. C) Insonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham go‘zal bo‘lmog‘i lozim. D) Siz bilan biz o‘z e’tiqodimizga sodiq ekanmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |