Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test


Download 143.09 Kb.
bet15/49
Sana02.06.2024
Hajmi143.09 Kb.
#1838901
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test.-fayllar.org

113. 1. Suvni nimaga quymoqchisan? 2. Sen nimaga kechikding? Ushbu gaplarda nimaga so‘zi qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) har ikkala gapda ham aniqlovchi B) har ikkala gapda ham to‘ldiruvchi C) har ikkala gapda ham hol D) birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda aniqlovchi.
114. Ovqatni do‘stim bilan edim. Ovqatni ishtaha bilan edim. Ushbu gaplarda bilan ko‘makchisi qanday gap bo‘lagi tarkibida ishtirok etgan?
A) har ikkala gapda ham kesim tarkibida B) har ikkala gapda ham to‘ldiruvchi tarkibida C) har ikkala gapda ham hol tarkibida D) birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda hol tarkibida.
115. Vatan uchun to‘kkali, yo‘qmi bir qoshiq qoning? Ushbu gapdagi ravishdoshning sintaktik vazifasini toping.
A) maqsad holi B) payt holi
C) qo‘shma gapning kesimi D) sabab holi
116. Qaysi qatorda holli birikmalar berilgan?
A) qalam bilan chizmoq, do‘stlar bilan uchrashmoq B) kuchli sel, qiyinchilik bilan ulg‘aymoq C) tez termoq, yoppasiga jonlanmoq D) tadbirkorlar haqida so‘zlamoq, katta kuch


4-§. Gap bo‘laklarining joylashish tartibi
117. Qaysi qatorda gap bo‘laklarining odatdagi tartibi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Ega oldin, kesim gap oxirida keladi B) Payt holi egadan oldin keladi C) Vaziyat holi egadan oldin keladi
D) To‘ldiruvchi egadan keyin keladi
118. Oppoq qordir tog‘larning toshi (H.O.) jumlasidagi gap bo‘laklarining joylashuv tartibi ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) aniqlovchi ega aniqlovchi – kesim B) hol kesim aniqlovchi – ega C) ega kesim aniqlovchi – hol D) aniqlovchi kesim aniqlovchi – ega E) kesim aniqlovchi aniqlovchi hol
119. Eshikning qo‘qqisdan ochilishi xotinlarni cho‘chitib yubordi(A.Qod) jumlasida gap bo‘laklari joylashuvi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) aniqlovchi, hol, ega, to‘ldiruvchi, kesim B) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, ega to‘ldiruvchi, kesim C) aniqlovchi, aniqlovchi, ega, to‘ldiruvchi, kesim D) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, ega, aniqlovchi, kesim

Download 143.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling