105. Izohlovchi bildiradigan ma’nolar qaysi javobda berilgan?
A) amal, unvonni B) A, C C) mashg‘ulot, kasb, mutaxassislikni D) hajm-vaznni
106. Qaysi qatorda to‘ldiruvchili birikmalar berilgan?
A) qishloqdagi binolar, kitobdan ko‘chirmoq B) tunda kelmoq, qunt bilan ishlash C) choynakdan kattaroq, Hasanning taqdiri
D) otdan baland, kitobni o‘qib chiqmoq
1-§. Ainqlovchi
107. Qaysi qatorda aniqlovchiga to‘g‘ri ta’rif berilgan.
A) Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan bo‘lak. B) Gapdagi biror bo‘lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo‘lak. C) Kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan bo‘lak. D) Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo‘laklarga grammatik tobe bo‘lmagan bo‘lak.
108. Chiqish kelishigidagi so‘z gapda qaysi sintaktik vazifalarda kela oladi?
A) faqat hol vazifasida B) faqat to‘ldiruvchi vazifasida C) hol va to‘ldiruvchi vazifasida D) hol, to‘ldiruvchi, kesim vazifasida
3-§. Hol
109. Karima derazadan boshini chiqarib, ularga qarab qo‘ydi. Ushbu gapdagi vaziyat holini aniqlang.
A) ularga B) qarab C) derazadan D) boshini chiqarib
110. Mahmud majlisda qatnashmagan bo‘lsa-da, topshiriqni bajardi. Ushbu gapda holning qaysi turi mavjud?
A) sabab holi B) maqsad holi
C) vaziyat holi D) to‘siqsizlik holi.
111. Uning kelayotganini sezmasdan eshikni yopdi. Ushbu gapda holning qaysi turi mavjud va u qanday so‘z bilan ifodalangan?
A) harakat nomi bilan sabab holi ifodalangan B) ravishdosh bilan sabab holi ifodalangan C) sifatdosh bilan sabab holi ifodalangan D) Ushbu gapda hol qo‘llanmagan
112. 1) Paxtani zavq bilan terdim. 2) Paxtani mashina bilan terdim. Gaplarda bilan ko‘makchisi qanday gap bo‘lagi tarkibida ishtirok etgan?
A) har ikkala gap tarkibida ham hol tarkibida B) birinchi gapda hol, ikkinchi gapda to‘ldiruvchi tarkibida C) har ikkala gapda ham kesim tarkibida D) birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda hol tarkibida
Do'stlaringiz bilan baham: |