Kafedra mudiri Abdullayev J
“___” _____________ 2009
Ona tili(sintaksis) fanidan BT va STI yo`nalishi talabalari uchun 7-chi semestrda olinadigan Ya B bo’yicha TEST variantlari
Sintaktik aloqa va munosabatlar
1. Quyidagi atamalarning qaysi biri sintaksisga tegishli?
A) orttirma nisbat B) modal so‘z C) taqlid so‘z D) bosh so‘z
2. Sintaksis nimalarni o‘rganadi?,
A) So‘zlarning bir-biriga bog‘lanishini B) gap va uning turlarini C) so‘z birikmasini D) A,B,C
3. So‘zlarning o‘zaro biriktirish qonun-qoidalari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) morfologiyada B) leksikologiyada C) fonetikada D) sintaksisda
4. Gaplarning qurilish xususiyatlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) leksikologiyada B) fonetikada C) morfologiyada D) sintaksisda
5. Tilning qaysi birliklari fikrni shakllantirishga xizmat qiladi?
A) faqat gaplar B) so‘zlar, qo‘shimchalar va ularda mujassamlashgan ma’nolar C) ohang, tovush, so‘z, so‘z birikmasi va gaplar D) so‘z birikmalar va gaplar
5. So‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi, gap va uning turlari o‘rganiladigan tilshunoslik bo‘limi nima deb ataladi?
A) morfologiya B) sintaksis C) leksikologiya D) grammatika.
So‘z birikmasi
6. Ot-fe’l birikuvidan qanday birliklar hosil bo‘lmaydi?
A) gap B) so‘z birikmasi C) ko‘makchi fe’lli so‘z shakli D) qo‘shma fe’l
7. Qaysi qatordagi birikuv erkin birikma sanaladi?
A) aybini bo‘yniga qo‘ymoq, qilichni bo‘yniga qo‘ymoq. B) ariqning boshiga etmoq, onasining boshiga etmoq. C) ko‘rikdan o‘tkazmoq, ko‘rikdan o‘tkazmoq.D) dorini qulog‘iga quymoq, gapni qulog‘iga quymoq.
8. So‘z birikmasini toping.
A) tashrif buyurmoq B) ko‘ngli keng C) gullar ochildi D) so‘z birikmasi berilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |