2. Qanday so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi?
A) shevaga xos so‘zlar B) ma’lum uslublargagina xos so‘zlar C) faqat so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar D) barcha uslublarda ishlatiladigan so‘zlar.
3. Adabiy tilning faqat yozma shakli uchun xos bo‘lgan me’yorlar qaysi qatordagi javobda ifodalangan?
A) lug‘aviy va grammatik me’yor B) orfografik me’yor
C) punktuatsion me’yor D) B, C.
4. Qaysi me’yorlar adabiy tilning hamma shakli uchun xos?
A) to‘g‘ri talaffuz me’yorlari B) lug‘aviy, grammatik me’yorlar. C) lug‘aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar D) imlo va tinish belgilariga oid me’yorlar
5. Tilning uslubiy vositalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) sinonimlar, omonimlar B) polisemiya, metafora C) epitet, metonimiya, sinekdoxa D) barchasi to‘g‘ri.
6. Fikr hissiy-ta’siriy bo‘yoq bilan ifodalangan qatorni aniqlang.
A) Bu o‘ylardan Sayyoraning boshi g‘ovlab ketdi. B) Ultarmalik Asrorqul Haydar otaning qadrdon oshnasi bo‘ladi. C) Bolalar behad quvonib, Yo‘lchining bo‘yniga osilishdi D) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi.
7. Qaysi qatordagi gap uslubiy jihatdan xato qo‘llangan?
A) Hazm bo‘lmagan taom uni egan odamning o‘zini eydi
B) E, Ruzvon buvi, buyam sizga o‘xshash yotig‘i bilan gapirsa ekan. C) Har narsaning ozi shirin bo‘lganidek, gurunchlik ovqatlarni iste’mol qilishni ham me’yoridan oshirmang.
D) Navro‘z bayrami tantanalari televidenie orqali namoyish qilindi.
8. Bir sinonimik qatorga mansub quyidagi so‘zlarning ijobiy ma’noga egasini belgilang.
A) bet B) aft C) bashara D) chehra
9. Ushbu gaplardan qay birida so‘z qo‘llashda uslubiy xatolik mavjud?
A) Chiroyli ashulalar eshitib dam oldik. B) Zumradning oqilaligi, zukkoligi va suluvligiga katta-kichik maftun bo‘ldi.
C) Bu o‘rinda sukut saqlash insofdan emas D) Anvar uydan chiqib, to‘g‘ri saroy tomonga ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |