Hozirgi oʻzbek adabiy tili


Download 26.84 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi26.84 Kb.
#158373
Bog'liq
HOAT





“Hozirgi oʻzbek adabiy tili” fanidan

AMALIY MASHG‘ULOTLAR


2-amaliy mashg‘ulot

Mashg‘ulot mavzusi: Morfologiya. Sz turkumlari tasnifi.

Mashg‘ulot shakli: yozma shaklda

SAVOLLAR


  1. Morfologiya boʻlimi va soʻz turkumlari tasnifi haqida ma’lumot

Morfologiya (yun. morphe — shakl va... logiya) (tilshunoslikda) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) soʻz shakllari haqidagi taʼlimot. Birinchi maʼnosida obʼyektni anglatsa, ikkinchi maʼnosida tilshunoslikning shu obʼyektni oʻrganuvchi boʻlimini bildiradi.

M. soʻz turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shahrik.ni oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning M.si ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.



Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mo-hiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategori-yasi feʼl M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi.

Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining , oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining , sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. St. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmaganS. t. Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, tatslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.

II. Quyidagi soʻzlarni turkumlarini aniqlang:

Maroqli (sifat), chunki(bog'lovchi), tabiat(ot), iroda(ot), shubhalanmoq(fe'l), shu(olmosh), taq-taq(taqlid so'z), hatto, harakatchan(sifat), dod(undov so'z), ehtirom(ot), ta’sir(ot), ko‘rsatmoq(fe'l),bo‘ysundirmoq(fe'l),bilan(ko'makchi), qo‘llab-quvvatlamoq(fe'l), va(bog'lovchi), haqiqat(ot), biroq(bog'lovchi),unutmoq(fe'l), agar(bog'lovchi), oliyjanob(sifat), xix(undov so'z) , million(son), ertalab(ravish), vov-vov(taqlid so'z) , tez(ravish), kabi(ko'makchi), ular(olmosh), yaratmoq(fe'l), yuzlab(son), keskin(sifat), oddiy(sifat), biz(olmosh), qadar(ko'makchi), har qaysi(olmosh), voy(undov so'z), yetti(son), olma(ot), keyin(ravish), oh(undov so'z).
III. Har bir soʻz turkumiga 5tadan misol yozing:

Ot: sevgi, muhabbat, namoz, iymon, vafo;

Sifat: mehribon, bardoshli, ziyrak, oq, baland;

Son: bitta, uchovlon, beshtacha, 2dan 1, olti;

Ravish: sekin,avaylab,kechqurun,saharlab,keyin

Olmosh: biz,allakim,qachondir,barcha,nega;

Fe’l: his etmoq, ko’maklashmoq, saqlamoq,urmoq, e’zozlamoq;

Bogʻlovchi: hamda,holbuki,agar,ammo,va

Koʻmakchi: orqali,uchun,sayin,tufayli,bilan

Yuklama: -chi,-ya,faqat,ba'zan,axir

Modal soʻz: masalan,xullas,afsuski,darvoqe,aytgancha

Undov soʻz: iye,obbo,ehe,voy, uff



Taqlid soʻz: qars-qurs,taq-tuq,miyov,vaq-vaq,vov
201TNA Xabibullayeva Fazilat





Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling