Hozirgi o‘zbek qissalari tahlili Qissa
Download 29.08 Kb.
|
Hozirgi o\'zbek qissalari tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Shukuhli karvon”
- “Olis qo‘rg‘on fuqarosi” , “Bir tomchi yosh”
“Sohibqiron va alloma” tarixiy dramatik qissasi iliq ma’rifiy kayfiyat uyg‘otadi. Mulohazalar, suhbatlarning qahramonlarga taqsimlanishi, uzviyligi ijodkorning chuqur, izchil bilimga tayanganini ko‘rsatadi. Ammo ba’zi o‘rinlarda kichik saktaliklar seziladi. Amir Temurning bayonchilikka og‘gan monologi (237-bet) dramatik vaqtga sig‘maydi. Sohibqironning musavvir Zeyliga bildirgan ishonchi sababiga ishora qilinmagan. “Musavvir Zeyli” niqobidagi yashirin xabarchi sohibqiron tomonidan unutiladi, u asarga boshqa kirib kelmaydi. Bu nuqson yaratilayotgan hushyor, oqil, donishmand sohibqiron xarakteriga mos emas.
G‘ozi Rahmonning “Shukuhli karvon” qissasi vaqt nuqtai nazaridan tarixiy, ammo hech bir ibratga ega emasligi bilan tarixiylikka xos emas. Asar qissa talablariga ham u qadar javob bermaydi. Voqealarni tutib turuvchi syujet butunligi, maqsad muayyanligi ko‘rinmaydi, shu sababdan asar ora yo‘lda qolib ketgandek taassurot qoldiradi. Bunday yo‘qchilik bilan qissani hikoyaga aylantirishning ham imkoni yo‘q. Sheva so‘zlarni qo‘llashda zo‘riqish bor. Misqol va Toshboy uchrashuvi tasviri itlar tasviri bilan parallel keladi. Bu parallellik, so‘kinch so‘zlarning ochiq ifodasi jirkanish hissini uyg‘otadi. Luqmon Bo‘rixonning “Olis qo‘rg‘on fuqarosi”, “Bir tomchi yosh” qissalari chop etildi. “Olis qo‘rg‘on fuqarosi” qissasi No‘monning ko‘ngil qo‘rg‘onidagi ziddiyatlar haqida so‘zlaydi. Voqealar xotirlash, aytib berish tarzida harakatlanadi. Bu usul No‘monning yoshlik, o‘smirlik psixologiyasini ochib berishga qaratilgan. Muallif har ikki qissasida ifoda uslubiga tushib olguncha bir necha sahifalarni boy beradi. Shundan so‘ng faqat o‘zigagina xos bo‘lgan uslub ichida erkin va go‘zal harakat qila boshlaydi. Asardagi bolalarning qo‘y o‘g‘rilashi, vaqt yechimi (tunda sodir bo‘lish), qariyaning ehsoni Sh.Xolmirzaevning “O‘zbeklar” hikoyasini yodga soladi. Muallif bu o‘rinda boshqa detallar topgani ma’qul edi. “Bir tomchi yosh” qissasida musavvirning ruhiy olami yoritiladi. O‘z o‘rnida qo‘llangan, o‘quvchining ma’lum ruhiy tayyorgarligidan so‘ng aytilgan “Yuzlaringiz juda tiniq ekan, xayolkash qizlarning yuzlari shunday nurlanadi”, “Ko‘zlaringni sevaman, Rajab”, – deya pichirladi yigit qop-qora tun qarab turgan derazaga tikilib”, jumlalarida kayfiyat berish borasida muallif ancha balandlikka ko‘tarilgan. Ammo Rajabgulni favqulodda portretda berish orqali e’tiborni tortish balandlik emas, fikrimcha. Musavvir mavzusi Eldor Boboevning Download 29.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling