Hozirgi paytda kimyo, neft-kimyo sanoati yurtimizda jadal ravishda rivojlanib bormoqda. Davlatimiz tomonidan ham buning uchun koʻplab farmonlar chiqarilmoqda


Download 259.5 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi259.5 Kb.
#1318197
Bog'liq
tja kurs ishi


Hozirgi paytda kimyo, neft-kimyo sanoati yurtimizda jadal ravishda rivojlanib bormoqda. Davlatimiz tomonidan ham buning uchun koʻplab farmonlar chiqarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan "O‘zkimyosanoat" AJning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan to‘ldirilgan, hisoblangan qiymati 12,1 milliard AQSh dollariga teng, shu jumladan, 1,7 milliard AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2019-2030 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi ma'qullandi: azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlarni, shu jumladan, ushbu mahsulotlarni “Navoiyazot” AJ, “Samarqandkimyo” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ negizida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish hamda energiya jihatidan samarador yangi quvvatlarni barpo etish;
“O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda va yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida hamda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llagan holda polimer mahsulotlari, shu jumladan, polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadiyen-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish; tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini, ularning negizida iqtisodiyot tarmoqlarida talab etilayotgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini, shu jumladan, melamin, metilamin, formaldegidli, karbamid-formaldegidli va melamin-formaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, natriy bikarbonati, xlor-sirka kislotasi, natriy nitrati, butilatsetat, trinatriy fosfat, nitrosellyuloza, metallurgiya, neftgaz va to‘qimachilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy qo‘shilmalar, shuningdek, polimer fitinglar, biaksil yo‘naltirilgan polipropilen plyonkasi (BOPP), o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun amaldagi moddalarni chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kimyo tarmog‘ida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi: tarmoqning ayrim korxonalari aktivlarini mahalliy va xorijiy investorlarga sotish orqali amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va kengaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish;
“O‘zkimyosanoat” AJ tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va jamiyat boshqaruvi organlarining mustaqilligi va mas'uliyatini oshirishga qaratilgan korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish; kimyo tarmog‘i korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy holatini yanada yaxshilash.
Davlat rahbari bu loyihalar tarmoqdagi ulkan imkoniyatlarga nisbatan yetarli emasligini, investitsiya jalb etib, mahsulotlarni ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi.
2022-yilda ishlab chiqarish hajmini 12 trillion so‘mga, eksportni 380 million dollarga yetkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Sohani raqamlashtirish, korxonalarda operatsion xarajatlar va energiya sarfini qisqartirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish vazifasi qo‘yildi.
Qayd etilganidek, umumiy qiymati 740 million dollarlik 4 ta yirik loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlanadi. Shuningdek, 2022-yilda suyuq kompleks o‘g‘itlar, karbamid formaldegid smolasi, gidroksipropil-metilsellyuloza, kalsiy xlorid kabi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mutasaddilarga ushbu loyihalar ijrosini doimiy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Korxonalarni transformatsiya qilish, ularga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv tizimini joriy etish ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.Yangi korxonalarni kadrlar bilan ta’minlash ham muhim masala. Shu maqsadda kelgusi yilda 6 ming nafar oliy va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash mo‘ljallangan. Tarmoqdagi 6 ta korxona negizida o‘quv markazlari hamda Chirchiq shahrida ishchi-mutaxassislar tayyorlash majmuasini ishga tushirish belgilangan.Mutaxassislarni kimyo sanoatining bugungi rivoji va ish beruvchining talablari asosida tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Sut insonning to'liq va ajralmas oziq-ovqat mahsulotidir, chunki unda insonning hayotiy faoliyati uchun zarur bo'lgan barcha moddalar va vitaminlar mavjud. Badanga sut quvvat beradi va tanosil a’zolarga ham foydasi katta. Sut sovuq va issiq mijozdagi odamlar uchun ham foydalidir. Faqat ularning me’dalarida safro moddasi bo’lmasligi kerak. Agar ko’zga tomizilsa xastaliklarga shifodir. Avstraliyalik olimlar ozishning yangi yo’lini o’ylab topishdi. Ma’lum bo’lishicha, ozish uchun ertalab sut ichishning o’zi kifoya eken. Nonushtaga bir stakan sut ichish bilan kishi tushlik vaqtida o’zini ortiqcha kaloriyalarini qabul qilishdan saqlaydi. 30 nafar ko’ngilli ishtirokida o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra olimlar shunday xulosaga kelishgan. Ko’ngillilarning teng yarmi har kuni nonushtaga bir stakan sut ichgan bo’ls, qolganlar sharbat istemol qilgan. Tushlik vaqtida esa ular bir xil taom va bir xil ichimlik ichishgan. Tajriba yakunida ma’lum bo’ldiki, ertalab sut ichganlar vazn muammosiga duch kelmaydi. Bu tushlik vaqtida 9 foiz kaloriya kam qabul qilinishi bilan ta’minlanadi. Bir stakan yog’li sutda 120 kilokaloriya mavjud bo’lsa, bir stakan sharbatda 150 kilokaloriya mavjud. Shu bois, olimlar nonushtaga sharbat ichishga o’rganib qolganilarni sut ichishga chaqirishmoqda. Sutda to’yintiradigan moddalar ko’p, shu bilan birga, u kishining xushbichim bo’lishini ham ta’minlaydi.
Har doim ham sutni suyuq holatda iste’mol qilish imkoni bo‘lmaydi. Bu iqtisodiy jihatdan ham, uni olib yurish va saqlash jihatidan ham muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Hozirgi kunda sutni iste’mol qilishda qurutilgan sutdan, eritma tayyorlagan holatda ichish juda ham ommalashgan.
Quruq sut mahsulotlari ishlab chiqarishda xomashyo sifati, ularni ishlab chiqarish texnologiyasi va saqlash sharoitlariga rioya qilish, ishonchli qadoqlashdan foydalanish muhim hisonlanadi.
Quritish yo‘li bilan konservalash sut sanoatida keng qo'llaniladi. Yog‘siz quruq sut odatda, GOST R 52054-2003 standarti bo‘yicha 2-navdan past bo‘lmagan sutdan olinadi.
Texnologik jarayonni boshqarsh ob’yekti sifatidagi tavsifnomasi
Yog'siz sut kukuni ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyidagi texnologik operatsiyalardan iborat: xom ashyoni qabul qilish va tayyorlash, normallashtirish, ajratish, pasterizatsiya, quyuqlash, gomogenlash, quritish, quruq mahsulotni sovutish, qadoqlash va saqlash. Sutni quritish jarayoniga olib borishdan oldin sut bir necha bosqichlarda quyuqlashtirilishi lozim bo‘ladi.
Gomogenizatsiya jarayonida sutni quritish uchun yuborishdan avval, tashqi ta’sir yordamida yog‘larini maydalanadi (taqsimlanadi). Bunda quritish jarayonida yog‘lar samarali ravishda bug‘lanishi uchun maksimal darajada suyuq holatga keltiriladi.
Sutni purkagichlarda quritishni avtomatlashtirishda mahsulotning belgilangan namligini va o'rnatishning unumdorligini ta'minlash kerak. Bu isitgichdan keladigan issiq havo haroratini rostlash orqali ta'minlanadi. Quritish uskunasini avtomatlashtirishda ikkita asosiy rostlanuvchi parametrlar ajralib turadi: quritish minorasining chiqish joyidagi tayyor mahsulotning namligi va isitgichning chiqishidagi issiq havo harorati. Jarayondagi kirish parametrlari: quyultirilgan sutning namligi va harorati, havoning namlik darajasi. Sovutish moslamasini haroratining o‘zgarishi g‘alayonli ta’sir sifatida olinadi. Rostlovchi kattaliklar quyultirilgan sut, sovitish suvi va bug‘ning sarfi hisoblanadi. Jarayondagi asosiy nazorat qilinadigan parametrlar bu kirishdagi va chiqishdagi havoning harorati hisoblanadi. Chiquvchi havo haroratini nazorat qilish ko‘p hollarda kirishdagi quyiltirilgan sutning sarfini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Quritish jarayonini avtomatlashtirishning sxemasi quyidagicha bo‘ladi.

Download 259.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling