Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Impuls - kodli modulyasiya
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
3.3. Impuls - kodli modulyasiya Telekommunikasiya tarmoqlarida va raqamli kommutasiya tizimlarida impuls- kodli modulyasiya keng tarqalgan. Shuning uchun IKM batafsil yoritilgan. IKM jarayonida analog signalni raqamli signalga o‘zgartirish uchta tadbirni ketma - ket bajarilishiga asoslangan: diskretlash, kvantlash va kodlash kiradi. Diskretlashda analog signalni AIM yordamida diskret ko‘rinishiga o‘tkazish tushuniladi. 1931 yilda akademik V.A.Kotelnikov shakllantirgan va isbot qilingan teoremasiga asosan xohlagan uzluksiz elektr signalni aloqa liniyasi bo‘yicha shu signalning bir zumlik qiymatlari bilan uzatish mumkin, agar ularni ketma - ketlik chastotasi Д f uzluksiz signalning maksimal chastotasidan max fc ikki barobariga teng yoki ortiq bo‘lsa, ya’ni max 2 fc f Д . 1933 yilda G.Naykvist tomonidan uzluksiz, vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan signaldan hamma axborotni chiqarib olish uchun kerak bo‘lgan diskretlash chastotasini minimal qiymatini aniqladi. Impulslarni uzluksiz ketma - ketligi diskretlash chastotaning diskret garmonikasidan tashkil topgan chastotali spektriga egaligini hisobga olganda, AIM signali spektrini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Kirish signalidagi shu garmonikani har birini alohida modulyasiyalaydi. Chastotali spektri natijasida impuls ketma - ketlikdagi har bir diskret chastota atrofida ikkita yon tomon polosalari yaratiladi (3.4- rasm). Tiklovchi past chastotali filtr kirish signali kengligi polosasi fk va fk fg orasida joylashgan kirish chastotasiga ega bo‘lishi kerak. Bundan 53 kelib chiqadiki, fk fg , fk dan katta bo‘lgandagina ajratish mumkin (3.4- rasm). 3.4- rasmda ko‘rsatilganini hisobga olganda diskretlash tadbirini bajarsa bo‘ladi. Diskretlash - bu uzluksiz signalning birzumlik qiymati haqidagi axborotni olishdir. Bu axborotni amplitudali modulyasiyalangan impulslar shaklida olish mumkin. Takrorlanish davri Д 1/f Д T va kengligi u bo‘lgan to‘g‘ri burchakli shaklidagi impulslarni impuls generatori ishlab chiqaradi. 3.4- rasm. AIM li signal spektri Agar shu impulsni elektron kalitini (EK) davriy ishga tushirish uchun ishlatib va EK kirishiga bir vaqtda xohlagan shakldagi analog signal x = f(t) berilsa, EK chiqishida har xil amplitudali impulslar ketma - ketligi ko‘rinishida modulyasiyalangan signal F(t) paydo bo‘ladi (3.5- rasm). Bu ko‘rilgan uzluksiz signalni impuls ketma - ketligiga o‘zgartirish jarayoni amplituda- impulsli modulyasiya (AIM) deyiladi. 3.5- rasm. AIM signalning hosil qilinishi и Т 0 EK х = f(t) P(t) F(t) 0 Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling