Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Modulyasiya usullarining tamoyillari va uni
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
3.2. Modulyasiya usullarining tamoyillari va uni
telekommunikatsiyada ishlatilishi Modulyasiya usullari asta sekinlik bilan ro‘y berdi. Aloqa liniyalari bo‘yicha uzatish usullari va kommutasiya tugunlarida analog signallarni raqamli ko‘rinishda kommutasiyasi kashf etilganidan va tadqiqot qilingandan so‘ng evolyusiya tekis sezilarli o‘sdi. Demak, elektron raqamli kommutasiya tizimlarini yaratish real bo‘lganida rivojlana boshladi. Aloqa liniyalari fizik liniyalar va ko‘p kanalli uzatish bilan bo‘lishi mumkin. Elektr aloqa traktlarida ikkita asosiy ko‘p kanalli uzatish usuli bor, ya’ni bitta traktda ko‘p sonli kanallarni tashkil etishning chastotali usuli (chastota bo‘yicha kanallarni ajratish - ChKA) va vaqtli usuli (vaqt bo‘yicha kanallarni ajratish - VKA). Chastotali usul chastota sektorida har xil kanallar uchun alohida yo‘lakni ishlatishga asoslangan. Vaqtli usul har bir kanalga qisqa vaqt oralig‘ini berishga asoslangan. Bu vaqt oralig‘ining davomida kanaldan uzatilayotgan signalning bir zumlik qiymati ishlab chiqiladi. Jarayon doimiy vaqt integrali o‘tgandan keyin takrorlanadi. Ko‘p kanalli uzatishning vaqtli usulini raqamli kommutasiya tizimi ichida ham ishlatsa bo‘ladi. Shuning uchun faqat shu usul ko‘rsatilgan. Elektron- raqamli kommutasiya tizimini qurilish tamoyilini va ishlashini o‘rganish uchun hammadan oldin analog signalni raqamli shaklga o‘zgartirish va teskari jarayonni anglash kerak. Bir necha o‘zgartirish usullari mavjud. Bularga analogli va raqamli o‘zgartirish usullari kiradi. Analogli usulga amplituda- impulsli modulyasiya (AIM), keng- impulsli modulyasiya (KIM) va fazo- impulsli modulyasiya (FIM) kiradi. 51 Raqamli usulga impuls- kodli modulyasiya (IKM) va delta- modulyasiya (DM) kiradi. Amplituda - impulsli modulyasiyada signal amplitudasi bo‘yicha modulya- siyalanadi (3.3- rasm). Keng impulsli modulyasiyada impuls kengligi o‘zgartiriladi, lekin signal amplitudasi o‘zgarmaydi. 3.3- rasmda analogli usullarining modulyasiya jarayoni keltirilgan. Agar kenglik bo‘yicha modulyasiyalangan impulslarni doimiy amplitudasi va davomiyligi impulslariga almashtirsak, lekin kenglik bo‘yicha modulyasiyalangan impulslar o‘zgarayotgan qismlarga mos holda joylashtirsak FIM hosil bo‘ladi. Impulsli modulyasiyani analogli usullarining umumiy nuqsonlari bo‘lib, modulyasiyalangan signalni uzatish uchun ishlatilayotgan aloqa liniyalarining elektrik parametrlariga qattiq talablari hisoblanadi. Bu faqat beruvchi signallarni ta’sirida signal shaklini o‘zgartirish qabul qilish tomonida shovqin ko‘rinishida paydo bo‘lishi bilan asoslanadi. Uzatish trakti qancha uzun bo‘lsa, shovqin qiymati shuncha ko‘p bo‘ladi. Chunki impulslarga ta’sir ko‘rsatayotgan traktning alohida bo‘laklaridagi buzilishlar qo‘shiladi. 3.3- rasm. Modulyasiyaning analogli usullari. Amaliyotda aloqa liniyalari bo‘yicha AIM signalni uzatish imkoni yo‘qligi bilan hosil bo‘lgan chegaralashlar o‘zgarishning raqamli usulini yaratishni talab qiladi. Impuls- kodli modulyasiyada AIM signal kvantlanadi va kodlanadi. 52 цbelgi o‘zgarishini liniyadan uzatish hisoblanadi. Diskretlash chastotasi IKM usulidan uch- to‘rt barobar katta bo‘lishi kerak. Modulyasiya usullarini birortasini tanlash birinchi o‘rinda olinishi kerak bo‘lgan nutqni uzatish sifatiga va ishlatiladigan sohasiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr signalining ishlatiladigan sohasini quyidagicha sinflasa bo‘ladi: uzatish, kommutasiya, saqlash va ularni arxivlash. O‘zgartirgichlar ishlatiladigan sohasi bo‘yicha har xil uzatish tezligiga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni past tezlikli (telefoniyada uzatish tezligi 32- 64 kbit/s) yoki yuqori tezlikli (radio eshittirish signallarini uzatish tezligi 384 kbit/s) va h.k. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling