Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.10. Vaqt va fazoviy kommutatsiyaning ko‘p zvenoli sxemalari
NxN 1 2 N BХ Vaqtli Kommutatsiya zvenosi Fazoviy Kommutatsiya zvenosi 156 sxemalaridagi boshqaruvchi axborot o‘qilganga o‘xshab davriy tarzda o‘qiladi. Amaliyotda boshqaruvchi xotira murojaat adresini davriy tarzda genera- siyalaydigan hisoblagichlardan keladigan ixtiyoriy tanlovli boshqaruv bilan XQ sida tuzilgan bo‘lishi mumkin. 5.10. Vaqt va fazoviy kommutatsiyaning ko‘p zvenoli sxemalari Vaqt bo‘yicha bo‘lingan kommutatsiya sxemaning narxini samarali kamayti- rish vositasi bo‘lib, imkoni boricha katta sondagi kanallarni multipleksorlash va vaqt kommutatsiyasining zvenolarida katta hajmli amallarni bajarishdir.Vaqt kommutatsiya zvenolaridagi kommutatsiya operatsiyalarining narxi fazoviy kommutatsiya zvenolaridagi kommutatsiya operatsiyalarining narxidan sezilarli darajada kamdir. Bu asosan, shuning uchunki, raqamli xotira kommutatsiyaning raqamli nuqtalaridan ancha arzondir (“VA” mantiqiy sxemalari). Yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, kommutatsiya nuqtalarining o‘zi uncha qimmat emas, asosiy xarajatlar imkonlik sxemalarini va tashqi tomondan chiqishlarning kommutatsiya nuqtalarini tanlashni amalga oshirishga ketadi, shuning uchun ham kommutatsiya nuqtalaridan foydalanishni nisbatan qimmatlashtiradi. Albatta vaqt kommutatsiya zvenosida kommutatsiya uchun kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish (KVA) bilan umumiy traktga nechta kanallarni birlashtirish mumkinligi to‘g‘risida amaliyotda cheklanishlar mavjud. Agar multipleksorlar chegarasi hozirgi kunda mavjud bo‘lsa, u holda amalga oshirish murakkabligini kamaytirish kommutatsiya zvenolari sonini orttirish yo‘li bilan olishi mumkin. Agar VF yoki FV turidagi fazoviy kommutatsiyaning bitta sxemasi, bir nechta zvenolar bilan almashtirilsa, xarajatlarni bir muncha iqtisod qilishga erishish mumkin. Odatda, eng samarali yondoshish fazoviy kommutatsiya zvenolarini vaqt kommutatsiya zvenolariga bo‘lishdan iboratdir yoki ikkita vaqt kommutatsiya zvenosini fazoviy kommutatsiya zvenosi bilan bo‘lishdadir. KB ning FVF va VFV turidagi ikkita fazoviy tuzilmasini ko‘rib chiqamiz. FVF turidagi kommutatsiya sxemaning tuzilmasi 5.37- rasmda ko‘rsatilgan. Bu sxema bir zvenoli va blokirovkalanmaydigan (bandlikga ega bo‘lmagan) sxemadir. FVF KS orqali ulanishni o‘rnatish fazoviy kommutatsiya blokini topishni talab qiladi, unda axborot tushishi mumkin bo‘lganda vaqt oralig‘i davrida (kiruvchi) yozish kanaliga, hamda talab 157 qilinayotgan vaqt oralig‘i davrida (chiquvchi) o‘qiydigan kanalga ulanish imkoni bo‘ladi, bunda axborot xotiradan o‘qiladi. 5.37- rasm. FVF kommutatsiya sxemasining tuzilmasi Agar (F- V- F) sxemaning har bir alohida zvenosi blokirovkalanmaydigan bo‘lsa, unda u funksional tarzda uch zvenoli fazoviy sxemaga ekvivalent bo‘ladi. Demak, 5.38 - rasmdagi ehtimollik grafi F - V- F kommutatsiya sxemani tavsiflaydi. 5.38- rasm. F - V - F kommutatsiya sxemaning ehtimollik grafi Mos ravishda F - V - F sxemaning blokirovkalash ehtimolligi V = (1- (q 1 ) 2 ) k ; Bu erda, q 1 =1- p 1 = 1- p/ß, (ß = k/N),- K - sxemaning markaziy zvenosining vaqt kommutatsiya bloklari soni. Fazoviy kommutatsiya sxemasi bir zvenoli KB ko‘rinishida amalga oshirilgan va har bir KVA Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling