Hozirgi paytda telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev
ISDN interfeyslari. Ularga BRI, PRI va PHI interfeyslari kiradi.
BRI interfeysi. Dasturli boshqarish bilan raqamli kommutatsiya tizimi C&C08 BRI (asosiy imkoniylik interfeysi) 2B+D ni ta’minlaydi. V – kanali 64 kbit/s foydalanuvchi trakt axboroti bo‘lib, undan kanallar kommutatsiyasi, paketlar kommutatsiyasi va yarim doimiy ulanishlar rejimida ma’lumotlar uzatiladi. D – kanali, bu 16 kbit/s li signalizatsiya kanali bo‘lib, undan kanallar kommutatsiyasining signalli axboroti va paketli ma’lumotlar uzatiladi. BRI 1.430 ITU- T fizik darajasining protokoli G.960 ITU- T ishlatadi. C&C08 kommutatsiya tizimida DSL (raqamli abonent liniya) platasi 2B+D imkoniylik funksiyasini amalga oshiradi va uning pozitsiyasi analog abonent liniya interfeysi platalari pozitsiyasi bilan o‘rindoshdir. DSL ning har bir platasi U interfeysining 8 ta standartini ta’minlaydi, sakkiz vitaya juft elektrik kabeli bo‘yicha NET SIG Faol MRU EMA R2/№5 va h.k. HW Ketma-ket port SHINA HW NOD Zaxira MRU SIG DTF HW UfTT 173 raqamli uzatishni bajaradi va standart ISDN terminallari (masalan, ISDN raqamli telefoni, G.4 faksimil apparati, X.25 terminali va x.k.lar) uchun yoki nostandart ISDN terminallari (masalan, analog telefon apparati, shaxsiy kompyuter va x.k.lar) terminalli adapter orqali imkoniylikni beradi. C&C08 kommutatsiya tizimining CENTREX operator pulti raqamli intrefeysi sifatida 2B+D texnologiyasi qabul qilingan, DSL platasi CENTREX pulti uchun imkoniylikni bera oladi. 6.5- rasm. SM da 7- sonli UKS platalarining ulanish sxemasi PRI interfeysi. Dasturli boshqarish bilan raqamli kommutatsiya tizimi C&C08 PRI (birlamchi imkoniylik interfeysi) 30B+D/23B+Dni ta’minlaydi. IKM uchun 430 ITU- T ning G.7- 03 tavsiyasi asosida 1.431 fizik daraja protokoli ikki tezlikni ta’minlaydi: 2048 kbit/s 30B+D tuzilmasi va 1544 kbit/s 23B+D tuzilmasi uchun. Ushbu tuzilmalar uchun D kanal tezligi 64 kbit/s ga teng. C&C08 kommutatsiya tizimida PRI interfeys bloki ikki asosiy qismdan iborat: interfeys platalari va protokollarga ishlov berish platalari. Interfeys platasi PRI ning asosiy funktsiyasini bajaradi. Protokollarga ishlov berish platasi esa D kanal bo‘yicha kanalli va tarmoq darajasida DSSI (1 sonli signalizatsiyaning raqamli tizimi) signalizatsiyasiga ishlov beradi. NET SIG Faol MRU EMA TUP/ISU HW Ketma-ket port SHINA HW NOD Zaxira MRU LAP DTF HW ISDN/UfTT 174 SM da interfeys platasi sifatida, raqamli ulash liniya platasi (DTF/ DTT) ishlatiladi. Har bir shunday plata 2048 kbit/s li yoki 1544 kbit/s li IKM ning ikki oqimiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Har bir bayonnomflarga ishlov berish platasi (LAP) sakkizta D kanal bo‘yicha signalizatsiyaga ishlov bera oladi. SRM da interfeys platasi bo‘lib, YET16 platasi hisoblanadi. Har bir shunday plata 2048 kbit/s yoki 1544 kbit/s tezlikdagi IKM ning 16 ta oqimiga xizmat ko‘rsata oladi. Protokollarga ishlov berish platasi sifatida SRS platasi ishlatiladi. Har bir shunday plata sakkizta D kanal bo‘yicha signalizatsiyaga ishlov bera oladi. DTF (DTT) plata orqali C&C08 stansiyasi ISPBX (integralli xizmat ko‘rsatish korxona ATS) ni, Internetga imkoniylik serverlari, ISDN marshrutizatorlari, C&C08 RSA uzoqlashrilgan modullari va x.k. lar) ni ulashni ta’minlashi mumkin. PHI interfeysi. PHI (paketlarga ishlov berish interfeysi) fizik daraja birlamchi imkoniylik interfeysi bilan mos tushadi va ETSI300 - 099 standarti PHI protokolini amalga oshiradi. U CASE A va CASE B ikki rejimida paketlarni uzatish xizmatlarini beruvchi paket kommutatsiyasi bilan umumiy foydalanishdagi ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i (PSDN) ga imkoniylikni X.25 terminallari uchun quvvatlaydi. C&C08 stantsiyasining raqamli abonent liniya platasi (DSL) paketli abonent interfeysini amalga oshiradi va X.25 terminallariga ulashga imkon beradi. Paketlarga ishlov berish interfeysi PHI, interfeys platalarini va bayonnomalarga ishlov berish platalarini o‘zaro ishlashini ta’minlaydi. SM da interfeys platasi sifatida, raqamli ulash liniya platasi (DTF/ DTT) ishlatiladi. Har bir shunday plata 2048 kbit/s li yoki 1544 kbit/s li IKM ning ikki oqimiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Har bir prtokollarga ishlov berish platasi (LAP) sakkizta D kanal bo‘yicha signalizatsiyaga ishlov bera oladi. SRM da interfeys platasi bo‘lib, YET16 platasi hisoblanadi. Har bir shunday plata 2048 kbit/s yoki 1544 kbit/s tezlikdagi IKM ning 16 ta oqimiga xizmat ko‘rsata oladi. Protokollarga ishlov berish platasi sifatida SRS platasi ishlatiladi. Har bir shunday plata, sakkizta D kanal bo‘yicha signalizatsiyaga ishlov bera oladi. C&C08 kommutatsiya modulidagi ISDN (BRI/PRI/PHI) interfeyslari 6.6 - rasmda ko‘rsatilgan. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling