Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni intensivlashtrish jarayoni


Qishloq xo`jaligini intensivlashtirishning asosiy yo`nalishlari


Download 23.54 Kb.
bet4/4
Sana24.11.2023
Hajmi23.54 Kb.
#1796731
1   2   3   4
Bog'liq
Umida

Qishloq xo`jaligini intensivlashtirishning asosiy yo`nalishlari

Ishlab chiqarishni intensivlashtirishni doimiy rivojlantirish talab etiladi. Qishloq xo`jaligida intensivlashtirish quydagi asosiy yo`nalishlarda olib boriladi: kimyolashtirish – qishloq xo`jaligini intensivlashtirishning asosiy yo`nalishlaridan biridir. Samarali mineral o`g`itlarni ishlab chiqrish, urug`larga kimyoviy ishlov berish, turli kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish va shu kabilar haqida gap borganda kimyolashtirishning juda katta ahamiyatga ega ekanligini bilamiz. Kimyolashtirishsiz qishloq xo`jaligida sezilarli muvaffaqiyatga erishish mumkin emas.


Qishloq xo`jaligini intensivlashtirishning boshqa bir yo`nalishi – ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishdir. Mehnat unimdorligini oshirish, ishlab chiqarishning samarali faoliyat ko`rsatishi ish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasiga bog`liq. Og`ir ish jarayonlarini mashinalar yordamida bajarish nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki og`ir ishlardan kishilarni ozod qilish, ijtimoiy masalani ham ma`lum darajada ijobiy hal etishga olib keladi.
Qishloq xo`jaligini intensivlashtirishning boshqa bir yo`nalishi ishlab chiqarishni elektrlashtirishdir. Elektr imkoniyatlaridan foydalanmasdan ishlab chiqarishning bugingi rivojini ko`rish mumkin emas.
ham intensivlashtirish yo`nalishlaridan biridir. Kadrlarning malakasini, bilimini oshirish ham eng kerakli yo`nalishlar sifatida yuzaga chiqadi.
Xulosa qilib aytganda, yetishtiriladigan mahsulot miqdori va sifatini oshirishga, mehnat unimdorligi oshishiga ta`sir etuvchi barcha Fan, texnika va texnalogiya yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish omillar e`tibordan qolmasligi va o`z o`rnida ishlatilishi lozim.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish har qanday davlatning bosh iqtisodiy vazifalaridan biridir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi eng avvalo, fan – texnika taraqqiyotining rivojlanish darajasi bilan belgilana. Fan va texnikaning rivojlanishi ilmiy – texnik taraqiyot, deganidir.
Fan – texnika taraqiyoti qishloqxo`jaliginingintensif rivolanishini ta`minlaye laydi. Rivojlanish ekstensiv va intensiv yo`llar bilan amalga oshadi. Ekstensiv rivojlanish yo`lida ishlab chiqarishning o`sishi qo`shimcha resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish evaziga olib boriladi. Bunda yer maydonlari, mehnat resurslari, chorva mollarining bosh soni ko`paytirilishi evaziga mahsulot yetishtirish hajman o`stiriladi. Bu yo`lning imkoniyatlari cheklangan. Chunki yer, mehnat va boshqa resurslar cheklangan. Shu sababli intensiv rivojlantirish eng asosiy yo`l hisoblanadi. Ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirish deganda bir birlik yer maydoniga va bir bosh chorva moliga sarflanadigan moddiy va mehnat resurslarini ko`proq sarflash evaziga olinadigan mahsulotni ko`paytirish tushiniladi. Bu yo`l bilan rivolanishning imkoniyatlari juda katta. Ishlab chiqarishga ekin turlarining yangi navlari joriy etilishi ishlab chiqarishni yangi bosqichga olib chiqadi.
Intensivlashtirishning darajasi va iqtisodiy samaradorligi aniqlanib boriladi. Intensivlakshtirishning asosiy yo`nalishlari: qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini kimyolashtirish, mexanizatsiya darajasini oshirish va avtomatlashtirish, elektrlashtirish va fan yutuqlarini ishlab chiqarishga yanada keng joriy etishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 19b.

  2. O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 16b.

  3. O`zbekiston Respublikasining «Davlat Yer fondining kadastri to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 13b.

  4. O`zbekiston qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me`yoriy hujjatlar to`plami. _ T.: «O`zbekistonqituvchi», 1998. - 231 b.

  5. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada ekinlashtirish sohasidagi ustivor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.

  6. Tadbirkorik subyektlarini huquqiy himoya qilish tiziini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 16 iyun 2005 yil.

  7. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.

  8. Mikrofirmalar va kichik korxonalani rivojlantirishni rag`batlantiish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 20 iyun 2005 yil.

www.ziyonet.uz





Download 23.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling