Hozirgi tez taraqqiy etib borayotgan davlatimizni asosiy muammolaridan biri bu har bir tur energiyadan, ayniqsa elektr energiyasidan oqilona foydalanish va elektr qurilmalaridan samarali foydalanishni tashkil etishdir


Download 267.75 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi267.75 Kb.
#1506888
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija

II. MAXSUS QISM
2.1. Reaktiv quvvat manbalariga qo'yilgan talablar
Reaktiv quvvat manbalariga qo'yiladigan texnik talablar quyidagilarni ta'minlashi lozim:
- elektr tarmog'idagi kuchlanishning yo'l qo'yiladigan rejimi;
-uning barcha elementlariga yo'l qo'yiladigan tok yuklamalari;
- reaktiv quvvat manbalarining yo'l qo'yiladigan chegaralardagi ishlash rejimi;
- elektr qabul qilgichlar ishlashining statik va dinamik barqarorligi.
Eng katta yuklamalar rejimi uchun mavjud kompensatsiyalovchi qurilmalardan foydalanishda energiya ta'minoti tashkilotining tarmoqlaridan belgilangan reaktiv quvvatdan foydalanish bo'yicha talablarning bajarilishi, reaktiv quvvat yo'qotishlarini hisobga olgan holda, maksimal reaktiv yuklamaning balans hisob-kitoblarini tuzish yo'li bilan baholanishi lozim.
Iste'molchilarning elektr uskunalarini lozim miqdorda kompensatsiyalovchi qurilmalarni o'rnatmasdan energiya ta'minoti tashkilotining tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi. Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvati va miqdori elektr ta'minoti loyihasi bilan aniqlanadi.
Ekspluatatsiya qilish jarayonida kompensatsiyalovchi qurilmalardan tejamkorlik bilan foydalanish uchun ular generatsiya qilinadigan quvvatni avtomatik rostlash qurilmalari bilan jihozlangan bo'lishi lozim.
Reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasini ta'minlash bo'yicha energiya ta'minoti tashkiloti va iste'molchilarning javobgarligi belgilangan tartibda tuzilgan elektr ta'minoti shartnomasi bilan belgilanadi.
«O'zdavenergonazorat» inspeksiyasi iste'molchilarning elektr uskunalarida reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasi ta'minlanishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
2.4. Reaktiv quvvat manbalarini nazorat va boshqaruvi o'zgartkichlarining turlari va o'zgartirish tamoyillari tahlili
Optik tolali o'zgartkichlar. Hozirgi vaqtda birlamchi elektr tokni o'zgartirish uchun optik tolali o'zgartkichlarkeng ishlatilmoqda, bu texnika xavfsizligi va halaqitbardoshlik nuqtai nazaridan afzalroq hisoblanadi [29. 34]. Optik tolali o'zgartkichlartavsiflarining nostabilligi tufayli analog signallarni bunday tarmoqlar bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri uzatish kichik xatoliklarga erishishga imkon bermaydi, shuning uchun turli modulyatsiyalash usullari ishlatiladi[29, 35, 36].
O'zgartkichdan (sig'imli yoki rezistiv) ma'lumot analog kuchlanishli chastotaga [29, 35, 36] yoki davomiyligi bo'yicha modulyatsiyalangan impulslarga [29] o'zgartiradigan modulyatorga beriladi. Yorug'likni nurlantiradigan diod va fotodiod o'zaro optik tolali o'tkazgich bilan ulangan bo'ladi. Kuchaytirgich fotodiodning chiqishida paydo bo'ladigan impulslarni kuchaytiradi, demodulyator esa dastlabki signalning shaklini tiklaydi. Shuningdek analog kuchlanishni raqamli shaklga o'zgartirish va uni EHMga chiqarish uchun optik kanal bo'yicha boshqarish markaziga uzatish ham qo'llaniladi [29].
O'zgartirish xatoliklarini baholashda rivojlangan davlatlarda (Yaponiya, Germaniya) tn 50 Gssanoat chastotali 500 kV kuchlanishgacha elektr tarmoqlarda±0,3 % xatolikka ega bo'lgan tok o'zgartkichlari ishlatiladi [29]. Tokni o'lchashda asosan Faradeyning magnit-optik usuli ishlatiladi [29, 38, 39, 40, 41]. Magnit-optik tok o'zgartkichining tuzilish sxemasi 1.11- rasmda keltirilgan [29, 31].




Download 267.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling