Yuksak o‘simliklar ontogenezinig boshlang’ich bosqichlari
Yuksak o‘simliklar ontogenezi asosan to‘rtta, ya’ni embrional, yuvenil, yetuklik va qarish bosqichlaridan iborat.
Embrional bosqich - bu zigota hosil bo‘lishidan urug‘ pishgungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Yuvenil bosqich o‘z ichiga urug‘ning unishi yoki vegetativ ko‘payishini olib, vegetativ massaning ko‘payishi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda o‘simlik jinsiy ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi.
Yetuklik va ko‘payish bosqichi gullashga tayyorgarlik, hosil organlarning paydo bo‘lishi, ularning o‘sishi, rivojlanishi, urug‘ va mevalarning hosil bo‘lishini o‘z ichiga oladi.
Qarilik va halokat bosqichi bu meva hosil qilish to‘la tugaganidan so‘ng organizmning tabiiy o‘limi davrigacha bo‘lgan bosqichdir.
Agar biz «O‘simliklarning rivojlanishi» terminini ontogenez tushunchasi bilan bir xilligini etiborga olsak, ushbu ikkala tushunchani quyidagicha ko‘rsatish mumkin.
Zigota. Yuksak o‘simliklarda zigota changchi spermiylarining (erkak gametofitlari), murtak xaltachasining tuxum hujayrasi (qiz gametofitlari) bilan qushilishi natijasida hosil bo‘ladi. Tuxum hujayraning o‘ziga xos xossalaridan biri bu uning hujayra devoriga ega emasligi hamda boshqa xujayralar biron plazmodesmolar orqali bog‘lanmaganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |