Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi
Download 109.64 Kb.
|
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o
O‘simliklarning tinim holatlari
Yusak o‘simliklarning o‘sish jarayoni ma’lum davriylik xususiyatiga ega. Eng faol o‘sish,sekin o‘sish va tinimk davrlari ritmik ravishda navbatlashib turadi. Bunday ritmik davriylik yil fasllarining almashinib turishi bilan bog‘liq. Faqat doim nam va havo harorati kam o‘zgaradigan tropik yerlarda o‘simliklar butun yil davomida to‘xtovsiz o‘sa oladi. Fasllar asosida iqlim sharoiti o‘zgaradigan barcha yerlarda o‘simliklar, kuzdan boshlab, asosan qishda o‘sishdan to‘xtaydi, barglarni to‘kadi, hatto yosh navdalaridan ham ajraladi, ya’ni tinim holatiga o‘tadi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to‘la to‘xtamaydi balki faol modda almashinuv jarayoni juda sekinlashadi. Tinim holatiga o‘tgan daraxtlar, butalar, ko‘p yillik o‘tlar, tuganaklar, ildizpoyalar, urug‘lar va umuman tirik hujayralarga ega bo‘lgan o‘simlik organlari va butun o‘simlikda nafas olish to‘xtamaydi. Faqat nafas olish jadalligi juda past bo‘ladi. O‘simliklardagi ikki xil tinimlik yaxshi o‘rganilgan: 1) majburiy tinimlik, 2) fiziologik tinimlik. Majburiy tinimlikning asosiy sababchisi tashqi sharoit omillaridir. YA’ni o‘sish uchun zarur sharoitning yo‘qligi sababli o‘simlik tinimlik holatiga o‘tishga majbur bo‘ladi. Majburiy tinimlik davriyligi ayniqsa daraxtlar,mevali daraxtlarda va ko‘p yillik o‘simliklarda har yili takrorlanib turadi. Bu o‘simliklarda tashqi o‘zgarishlardan tashqari, ichki zapas moddalarning ximik o‘zgarishlari ham yuz beradi. Kuzda va qish boshlarida daraxtlarning novdalari va kurtaklarida to‘plangan kraxmal zapaslari asta-sekin shakarlarga aylanadi. To‘qimalarda suvning miqdori ham kamayadi. Buning natijasida ularning sovuqqa chidamliligi oshadi. Bahorga kelib, buning aksicha o‘zgarishlar bo‘ladi va faol o‘sish boshlanadi. Ko‘pchilik o‘simliklar tinimlik holatini maxsus organlari - ildiz tuganaklar, piyozboshlar, ildiz poyalar holatida o‘tkazadilar. Yozning jazirama issiqlarini ham shu holatda o‘tkazishlari mumkin. Urug‘lar ham suvning miqdori kam bo‘lganda o‘zgarishning tinchlik holatini saqlaydi. Agar ular yetarli suv bilan ta’minlansa faol o‘sish boshlanadi. Download 109.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling