Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi
Download 109.64 Kb.
|
Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutasiya harakatlari
Nastik harakatlar. Butun o’simlikka baravar ta’sir qiladigan qo’zgatuvchilar (harorat, yorug’lik va boshqalar) vositasi bilan bo’ladigan harakatlarga – nastik harakatlar deyiladi.
O‘simliklarda u yoki bu quzg‘atuvchiga nisbatan nastik harakatlar foto-, termo-, gidro-, nikti-, xemo-, tigmo-, seysmo-, travmo- va elektronastiyalarga bo‘linishi mumkin. Umuman o‘simliklardagi nastik harakatlar ular organlarining himoyasiga (barg og‘izchalarining yopilishi) yoki narsalarni olishga (barg muylovchalarining harakati) qaratilishi mumkin. Kun bilan tunning almashinishi sabab bo’ladigan harakat– niktinastik harakat eng ko’p tarqalgan. Juda ko’p gullar ertalab ochiladi, kechasi esa yopiladi. Boshqalari esa kechasi ochiladi (nomozshom gul), kunduzi yopiladi. Ko’p o’simliklarning barglari ham kun bilan kechaning almashib turishiga qarab o’z holatlarini o’zgartirib turadi. K.Linney bunday harakatlarga asoslanib “flora soatlarini” tuzishga harakat qilgan. Buning uchun u ertalab va kechqurun turli soatlarda ochiladigan va yopiladigan o’simliklarni bir joyga to’plab o’stirgan. Fotonastik harakat. Bu o‘simliklarda yorug‘likning o‘zgarib turishi natijasida paydo bo‘luvchi harakatlanishdir. Ko‘pchilik kunduzgi o‘simliklarda yorug‘lik kamayishi bilan ularning gullari yopiladi, ayrimlarida esa kechasi ochiladi. Masalan, nilufar va qoqio‘t o‘simligining gullari faqatgina yorug‘likda ochiladi. Nutasiya harakatlari. Tabiatda boshqa o’simliklarning tanasiga o’ralib yoki chirmashib o’suvchi o’tchil o’simliklar mavjud. Bunday harakatga nutasion harakat deyiladi. Bu gruppaga kiruvchi o’simlikning o’sish nuqtalaridagi doiraviy harakat, poyaning ichki va tashqi tomonlarining bir meyorda o’smaganligi natijasida sodir bo’ladi. Ayniqsa, doiraviy nutasiya chirmashib o’suvchi o’simliklarning (pechak o’tlar, zarpechak, lianalar va boshqalar) poyalarida yaxshi kuzatiladi. Bu o’simliklarning bir marta aylanish uzunligi 2 dan to 12 soatgacha davom etishi mumkin. Ko’pchilik lianalar chapga, ya’ni o’sish nuqtalari soat strelkasiga qarama-qarshi o’sadi. Boshqa gruppalari esa ungga – soat strelkasining yo’nalishi boyicha o’ralib o’sadi. Nutasion harakat qiluvchi o’simliklarning ko’pchiligi yorug’lik energiyasidan samaradorlik bilan foydalanadilar. Chunki bu harakat natijasida ular boshqa eng baland o’simliklarning tanasiga chirmashib, eng yuqori qismigacha ko’tariladi. Download 109.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling