Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz
Download 14.5 Kb.
|
kurs ishi xomaki (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozbekiston Respublikasining yoqilgi-energiya ta’minotida gaz sanoati muhim ahamiyat kasb etib, uning ulushi 80 %ni tashkil etadi.
- Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish maqsadida 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishga
- Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi. Ulardan asosan turli suyuq yoqilg’ilar–benzin, kerosen, dizel va qozonxona (mazut) yoqilg’isi olish uchun foydalaniladi. Shuningdek, neftdan maxsus va surkov moylari ham ishlab chiqariladi. Qayta ishlash jarayonlari orqali olingan mahsulotlar plastmassalar, sintetik kauchuk va smola, sun`iy tola va yuvish vositalari, dori–darmonlar va shu kabi bir qator xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab ishlab chiqarishning asosiy sohalaridan hisoblangan neft va gaz sanoatiga katta e`tibor qaratildi. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 1992- yildagi neft va gaz soxasini rivojlantirish to’g’risidagi qaror va farmonlari sohada qilinishi kerak bo’lgan ishlar ko’lami aniqlab olindi. O'zbekiston Respublikasining yoqilg'i-energiya ta’minotida gaz sanoati muhim ahamiyat kasb etib, uning ulushi 80 %ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1932-yildan olina boshladi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7—3 mln. m3). Respublikada 50-yillar oxirigacha gazning yaxshi oʻrganilgan zaxirasi 24 mln. m3 ni tashkil etgan boʻlsa, 60-yillarga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi bilan bu sohada tub burilish yasaldi. 1962-yilga kelib Gazli gaz-neft koninkng ochilishi bilan Oʻzbekistonda ulkan magistral gaz quvurlari yaratishga asos solindi (Jarqoq— Buxoro— Samarkand— Toshkent gazoprovodi; 1960, Buxoro — Ural gazoprovodi, 1963; Buxoro—Toshkent—Bishkek— Ol-maota gazoprovodi, 1965; Oʻrta Osiyo— Markaz gazoprovodi, 1967). 1968-yilga kelib Oʻzbekistan konlaridan gaz tarqatadigan quvurlar uz. (Oʻrta Osiyo — Markaz gazoprovodini hisobga olma-ganda) 8500 km ga yetdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, G. s.ni rivojlantirish sohasida ham islohotlar oʻtkazila boshladi. Neft va gaz sanoati hamda ular bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbek-neftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. Mamlakatning yoqilgʻi mustaqilligiga erishish va eksport salohiyatini oshirish yoʻlida korporatsiya tomonidan bir qancha loyiha ishlari re-jalashtirildi. Hoz. vaqtda Ustyurt, Buxoro — Xiva, jan.-gʻarbiy Hisor, Fargʻona, Surxondaryo kabi neft va gazga boy hududlarda 175 ta neft va gaz konlari ochilgan. Gaz qazib olish esa 2000-yilda 1990-yildagiga nisbatan 1,37 barobar oshdi. Shoʻrtan gaz konidagi hozirgi mavjud imkoniyatlardan foydalanib sutkasiga bir necha oʻn t gacha suyuq gaz va yiliga bir necha ming t yuqori sifatli oltingugurt olish mumkin. G. s. tarmogʻidagi magistral gazoprovodlar tizimini kengaytirish, yangi yer osti gaz omborlarini yaratish, shuningdek mavjudlarini texnik jihozlash, qayta taʼmirlash ishlari jadal olib borilmokda. Maye, Gazli — Nukus, Paxtakor — Yangiyer — Toshkent gaz yoʻllari qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Bu tarmoq Qoraqalpogʻiston va Xorazmni respublikaning oʻz gazi bilan taʼminlash imkoniyatini berdi (bungacha mazkur hudud Turkmanistondan gaz olgan). Hoz. mavjud gaz sanoati korxonalari yiliga 47 mlrd. m3 gazni qayta ishlash va 350—400 ming t oltingugurt ajratib olish imkoniyatiga ega. (yana q. Gaz ombori). 1999-yilda respublika G.s.da 55,6 mlrd. m3 gaz, shu jumladan 24,1 mln.m3 siqilgan gaz ishlab chiqarildi. Dunyoda tabiiy gaz qazib olish sur'ati bo'yicha O'zbekiston Respublikasi 14-o‘rinni egallagan yurtimizning iqtisodiyotida gazni qayta ishlash sanoatining o'rni beqiyosdir. O'zbekiston polimer va tabiiy gaz bo'yicha Markaziy Osiyodagi asosiy eksportyor sanaladi. O'zbek gazining eksport salmog'i Xitoyga 8 mlrd. kub metr,Rossiyaga 4,5 mlrd. kub metr, Qozog'istonning janubiy hududlariga 2,5 mlrd. kub metr, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga500 - 550 mln. kub metmi tashkil etadi. Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni ko’paytirish maqsadida 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishga tushirildi va 2002- yil 15- avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m3 tabiiy gazni qayta ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quydagi mahsulotlar olinadi: - donador polietilen ( 125 ming.tonn.); - suyultirilgan gaz ( 137 ming.tonn.); - gazkondensati ( 103 ming.tonn.); - donador oltingugurt ( 4 ming.tonn.). Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod mahsulotlariga 2005- yil Xalqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi. Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% eksportga chiqarilmoqda. Ya`ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda. Bu zavodlardan tashqari hozirgi paytda yurtimizda dunyoda sanoqli o’rta osiyoda yagona bo’lgan Gazni qayta ishlash zavodlari qurulishi davom etmoqda.Bularga “Boysun gazni qayta ishlash zavodi”, “MTU Gaz kimyo majmuasi” kabi zavodlarni misol qilish mumkin. Download 14.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling