Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet170/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

2152-modda. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining ko‘rsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda yoki o‘z vaqtida bajarmaganlikda, ma’lumotlar bazasiga kirishga ruxsat bermaganlikda va axborot taqdim etmaganlikda, bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlikda ifodalangan tarzda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik hamda uning mansabdor shaxslariga ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ravishda bajarishiga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatganlik, —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2152-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2153-modda. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida axborot taqdim etish tartibini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida qonunchilikka muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko‘rsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko‘rsatgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi —
(2153-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2153-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2153-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling