Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet173/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

2156-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki obyektlari, shu jumladan xorijdagi davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlamaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2156-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
216-modda. Kimoshdi savdosi yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish
Davlat korxonalari va boshqa obyektlar xususiylashtirilishi munosabati bilan yopiq tender tarzidagi kimoshdi savdosida yoki tanlovda qatnashish uchun berilgan talabnomalarni yashirish, kimoshdi savdosi, tanlov natijalarini yakunlashda talabnomalarni hisobga olmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(216-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
217-modda. Matbaa va shtempel-gravyorlik korxonalarini ochish hamda ularning faoliyat olib borishi qoidalarini buzish
Matbaa va shtempel-gravyorlik korxonalari va ustaxonalarini ochish va ularning faoliyat olib borishi qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(217-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Matbaa uskunalari, harflar, matritsalar, muhrlar va shtamplarni qo‘lga kiritish, sotish, foydalanish, hisobga olish va saqlash qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning bu qoidalarni buzishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(217-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling