Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. O‘qotar qurollarni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) muddatlarini yoki ularni hisobdan o‘tkazdirib qo‘yish qoidalarini buzish


Download 0.5 Mb.
bet176/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

221-modda. O‘qotar qurollarni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) muddatlarini yoki ularni hisobdan o‘tkazdirib qo‘yish qoidalarini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘qotar qurollarni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) yuzasidan belgilangan muddatlarni yoki istiqomat joyi o‘zgargan taqdirda bunday qurollarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida hisobdan o‘tkazdirib qo‘yish qoidalarini buzish —
(221-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(221-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
222-modda. O‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilarni sotishdan bo‘yin tovlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ovchilik jamiyatidan chiqqanliklari munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilarni saqlash uchun bergan ruxsatini bekor qilgan fuqarolarning bunday qurollar va o‘q-dorilarni sotishdan bo‘yin tovlashi —
(222-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
haqini to‘lash sharti bilan bu qurol va o‘q-dorilarni olib qo‘yib, bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(222-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling