Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish


Download 0.5 Mb.
bet174/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish
Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish —
Oldingi tahrirga qarang.
bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(218-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.
Oldingi tahrirga qarang.
219-modda. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(219-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustdagi O‘RQ-710-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son — 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida shunday metall hamda toshlar bo‘lgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish chog‘ida qabul qilib olish, sarflash, hisobga olish, saqlash, ularning parchalari va chiqindilarini to‘plash hamda Davlat fondiga topshirish qoidalarini, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamg‘alash tartibini buzish —
(219-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustdagi O‘RQ-710-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son — 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(219-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va valyuta boyliklari saqlanishi ta’minlanmaganligi va ulardan to‘g‘ri foydalanilmaganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori, Tarkibida qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan parchalar va chiqindilarni tayyorlash, qadoqlash, yetkazib berish tartibi, qabul qilish topshirish shartlari, shuningdek iste’molchilar bilan ulardan qimmatbaho metallarni parchalar va chiqindilar ko‘rinishida qabul qilganlik uchun hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (1994-yil 12-oktabrda 107-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qabul qilish, ishlatish, hisobga olish va saqlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (1995-yil 20-iyunda 160-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling