Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet175/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

2191-modda. Rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish, —
Oldingi tahrirga qarang.
rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(2191-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1851-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida nizom.
220-modda. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzish
Oldingi tahrirga qarang.
Qurol saqlashga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlaridan ruxsati bo‘lgan fuqarolarning o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzishi —
(220-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismigacha miqdorda jarima solishga yoki haqini to‘lab shu qurollar va o‘q-dorilarni olib qo‘yishga sabab bo‘ladi.
(220-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
qurollar va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(220-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarining ularni saqlash yoki tashish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek bu xodimlarning o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni boshqa maqsadlarda ishlatishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(220-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(220-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘qotar va pnevmatik sport quroli hamda unga o‘q-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror (2015-yil 23-iyulda 2701-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq (2015-yil 23-iyulda 2700-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan yagona talablarni tasdiqlash haqida”gi buyruq (2015-yil 29-iyulda 2702-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti bazasida idoraviy o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq (2018-yil 12-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2997).

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling