Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaslik


Download 0.5 Mb.
bet167/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

212-modda. Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaslik
(212-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik faoliyati subyektlarining texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmasligi;
(212-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(212-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(212-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Standartlar va o‘lchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaslik —
(212-moddaning uchinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20-iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(212-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(212-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Texnik jihatdan foydalanishda temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Ta’lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi Umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”, “Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentini tasdiqlash haqida”, “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Don xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Charm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Shisha idishlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Shaxta ko‘tarish qurilmalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Telekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quv xonalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “O‘quv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”, “Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Liftlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilg‘isiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilg‘iga va mazutga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi asbob-uskunalarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”, “Go‘sht va go‘sht mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarorlari.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling