Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi


Download 0.5 Mb.
bet291/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

341-modda. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi
Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi.
Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasiga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning qaysi turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi yozib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni olib qo‘yish tartibi esa — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
(341-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
342-modda. Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish tartibi
Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ovchilik biletini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi.
Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs ovchilik biletini topshirishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qo‘yadilar.
343-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirishning asoslari va tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini ko‘rsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qo‘llagan jinoyat ishlari bo‘yicha sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach va sud tomonidan tayinlangan jarima to‘langach, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin.
(343-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling