Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Download 0.5 Mb.
|
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi
XXX1 bob. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish bo‘yicha ish yuritish
3461-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini amalga oshiruvchi organlar Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror quyidagi organlar tomonidan ijro etiladi: Oldingi tahrirga qarang. ushbu Kodeksning 512, 518, 519, 56, 57, 58-moddalarida, 611-moddasining birinchi qismida, 94, 1651, 1842, 1843, 189, 1891, 201, 2021-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan; (3461-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-579-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son) ushbu Kodeksning 2241-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — chegara qo‘shinlari tomonidan. 3462-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish mazkur shaxslar qaysi chet davlat hududiga chiqarib yuborilayotgan bo‘lsa, o‘sha chet davlatning hokimiyat vakiliga ularni rasmiy ravishda topshirish yoxud chiqarib yuborilayotgan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishi yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Agar chiqarib yuborilayotgan shaxsni chet davlat vakiliga topshirish O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, chiqarib yuborish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan joyda amalga oshiriladi. (3462-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda) Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tkazish punkti orqali chiqarib yuborish to‘g‘risida mazkur shaxs qaysi chet davlat hududiga (hududi orqali) chiqarib yuborilayotgan bo‘lsa, o‘sha chet davlatning hokimiyat vakillari, agar O‘zbekiston Respublikasining ushbu davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, xabardor qilinadi. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. (XXX1 bob O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling