Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


X bob. QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI HUQUQBUZARLIK, VETERINARIYA, VETERINARIYA-SANITARIYA QOIDALARI VA NORMALARINI BUZGANLIK UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK


Download 0.5 Mb.
bet68/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

X bob. QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI HUQUQBUZARLIK, VETERINARIYA, VETERINARIYA-SANITARIYA QOIDALARI VA NORMALARINI BUZGANLIK UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
(X bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
104-modda. Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish
Chorva mollar yoki parrandalarning xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo‘q qilib yuborishi, ko‘chatlarga shikast yetkazishi —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(104-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-noyabrdagi PF-1005-son “Ekinlarning payhon etilishiga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 20-son “Ekinlarning payhon qilinishi va nobud bo‘lishiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 272-son “Qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining payhon qilinishiga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Ekinzorlarni yoki ko‘chatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalarida bosib o‘tish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling