108-modda. Karantin tekshiruvidan va tegishli tartibda ishlov berishdan o‘tkazilmagan materiallarni tashib chiqib ketish
Chet mamlakatlardan keltirilib, karantin tekshiruvidan va tegishli ishlov berishdan o‘tkazilmagan materiallarni chegaradagi daryo portlaridan (pristanlaridan), temir yo‘l stansiyalaridan, avtovokzallardan (avtostansiyalardan), aeroportlardan va boshqa chegara punktlaridan tashib chiqib ketish —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(108-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(108-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |