Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet79/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

119-modda. Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish
(119-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi nazoratidagi kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(119-modda birinchi qismining saksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
(119-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 531-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari”.
120-modda. Portlarda yuklarni ortish, tushirish va taxlash qoidalarini buzish
Portlarda yuklarni ortish, tushirish va taxlash qoidalarini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(120-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling