Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet132/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

1791-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish
Xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortishi —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1791-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 78-II-sonli Qonunning 10-moddasi uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1792-modda. Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(1792-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur ma’lumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, xuddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1792-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1792-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini tayinlash va berish tartibini buzish —
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1792-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1792-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 702-II-sonli Qonunning 27-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling