189-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Oldingi tahrirga qarang.
Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, —
pornografik mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan to‘rt yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(189-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1891-modda. Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Oldingi tahrirga qarang.
Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, —
zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan to‘rt yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(1891-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-658-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |