Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet221/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

2491-modda. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 2041-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshlig‘i, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslaridir.
(2491-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
250-modda. Temir yo‘l transporti va metropoliten organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Temir yo‘l transporti organlariga ushbu Kodeksning 113, 114-moddalarida, shuningdek 53, 121, 122, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (temir yo‘l transportida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(250-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Metropoliten organlariga ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar temir yo‘l transporti va metropoliten organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar:
stansiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari, vokzal boshlig‘i va uning o‘rinbosari, lokomotiv (vagon) deposining boshlig‘i, yo‘lovchilar poyezdining boshlig‘i (yo‘lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri);
yo‘lovchilar poyezdining nazoratchi-taftishchisi, yo‘lovchilar poyezdining taftishchi-yo‘riqchisi, daromadlarni nazorat qilish bo‘yicha taftishchi, yo‘l ustasi, yo‘l distansiyasi boshlig‘i, signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshlig‘i;
harbiylashtirilgan soqchilik boshlig‘i va uning o‘rinbosari, yong‘inning oldini olish bo‘yicha otryad (komanda, o‘t o‘chirish poyezdi) boshlig‘i va uning o‘rinbosari, katta yo‘riqchi va yo‘riqchi, komandaning, o‘t o‘chirish poyezdining, harbiylashtirilgan soqchilikning bo‘linmasi (qorovul) boshlig‘i;
bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘lovchilar poyezdining boshlig‘i (yo‘lovchilar poyezdining mexanik-brigadiri), yo‘l ustasi, bo‘linma (qorovul), komandaning, o‘t o‘chirish poyezdining, harbiylashtirilgan soqchilikning bo‘linmasi (qorovul) boshlig‘i, bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi soladigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdoridan oshmasligi kerak.
(250-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling