Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Havo transporti organlari


Download 0.5 Mb.
bet222/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

251-modda. Havo transporti organlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu Kodeksning 116, 1163-moddalarida, 117-moddasining birinchi qismida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir, Milliy aviakompaniya esa ushbu Kodeksning 53-moddasida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 122-moddasining ikkinchi qismida, 124-moddasida, 144-moddasining uchinchi qismida, 145-moddasining birinchi qismida, 146-moddasida (havo transportidagi huquqbuzarliklar qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir.
Quyidagilar havo transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazolarni qo‘llashga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshqarmalarining va bo‘limlarining boshliqlari;
Milliy aviakompaniyaning bosh direktori va uning o‘rinbosarlari, aviakompaniya Uchish majmuasining direktori va uning o‘rinbosari, aeroport (aviakorxona) direktori, aviakompaniya bosh inspektori, aviakompaniyaning tibbiy-sanitariya xizmati boshlig‘i.
(251-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
252-modda. Suv transporti organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suv transporti organlariga ushbu Kodeksning 53, 121, 122, 124, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (suv transportidagi huquqbuzarlik uchun), 118, 120-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(252-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Port boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, pristan va vokzallarning boshliqlari, port, pristan va vokzallarning navbatchi ma’murlari, port hududlari boshliqlari va shlyuz boshliqlari, kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari, kema qatnovi inspeksiyalarining katta inspektorlari va inspektorlari, kema taftishchilari, port, pristan joylashgan yerdagi harbiylashtirilgan idoraviy soqchiligining yuqori mansabdor shaxsi (birlashgan otryad boshlig‘i, otryad boshlig‘i, komandir, yong‘indan saqlash yo‘riqchisi) suv transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(253-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 26-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling