254-modda. Shahar va shaharlararo yo‘lovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar va shaharlararo yo‘lovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlariga ushbu Kodeksning 121, 122, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining uchinchi qismida, 143, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida sodir etilgan huquqbuzarliklar qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(254-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Shahar va shaharlararo yo‘lovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti nazoratchi-taftishchilari, chipta tekshiruvchilari va tegishli vakolati bo‘lgan boshqa xodimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2541-modda. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 1252-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobilda tashishlarni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalarining avtomobilda tashishlar xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat qilish bo‘limlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari.
(2541-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son — 2021-yil 6-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |