Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Davlat veterinariya xizmati


Download 0.5 Mb.
bet226/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

259-modda. Davlat veterinariya xizmati
Davlat veterinariya xizmatiga ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar davlat veterinariya xizmati nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqli:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari, davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori va uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda;
(259-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga.
(259-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
260-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlari
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida, 70-moddasida (yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 971, 98-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqli:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravarigacha miqdorda;
inspeksiyalarning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda;
kon-texnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda;
davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda.
(260-modda ikkinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling