Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)


Download 0.5 Mb.
bet245/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

287-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish bu ishga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berib qo‘yilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidangina amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:
(287-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1) ushbu Kodeksning 474, 475, 512, 518, 519, 54, 56, 57, 58, 61-moddalarida, 611-moddasining birinchi qismida, 701, 90, 901, 91, 92, 94, 113, 114, 115, 116, 1161, 1162, 117-moddalarida, 118-moddasining uchinchi qismida, 121, 122, 123, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 141, 142-moddalarida, 144-moddasining uchinchi qismida, 146-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 154, 156-moddalarida, 164-moddasining to‘rtinchi qismida, 170-moddasida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763-moddasida, 1764-moddasining ikkinchi qismida, 183, 1841, 1842, 1843, 185, 1851, 1852, 1853,186, 187, 188, 1883, 189, 1891, 190, 191, 192, 194, 195, 198, 199, 201, 2021, 203, 204, 205, 209, 2091, 210, 218, 220, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 2251, 228, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan.
(287-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) ushbu Kodeksning 1842, 1843, 1961, 224, 2241, 2242-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — chegara qo‘shinlari tomonidan;
(287-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-114-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 400-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3) ushbu Kodeksning 61, 198-moddalarida, 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — shu qo‘riqlanadigan obyekt joylashgan yerdagi harbiy soqchilikning katta mansabdor shaxsi tomonidan;
(287-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4) Qurolli Kuchlar va chegara qo‘shinlarining transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar yoki boshqa shaxslar ushbu Kodeksning 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 137, 138, 141-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;
(287-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bundan mustasno), 701, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 901, 91, 92, 93, 94, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
(287-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51) ushbu Kodeksning 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 79-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 83, 84-moddalarida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 90-moddasining birinchi qismida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
(287-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-sonli Qonuniga asosan 51-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) ushbu Kodeksning 901, 1842, 1843, 1851, 189, 1891, 198, 227, 227— 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — bojxona organlari xodimlari tomonidan;
(287-modda birinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
7) ushbu Kodeksning 194, 204, 205-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — harbiy patrul tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o‘zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining to‘rtinchi qismida, 1651, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763-moddasida, 1764-moddasining ikkinchi qismida, 1861, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan”;
(287-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9) ushbu Kodeksning 54, 61, 1851, 1941, 1951, 198-moddalarida, 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan.
(287-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling