Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi
Download 0.5 Mb.
|
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi
291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi
Oldingi tahrirga qarang. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish qonunchilik bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chunonchi: (291-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 901-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131-moddasida, 135-moddasida (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonunchilikda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan; (291-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son) Oldingi tahrirga qarang. b) Qurolli Kuchlarning va chegara qo‘shinlarining transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaxslar yo‘l harakati qoidalarini buzganda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan; (291-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda) Oldingi tahrirga qarang. v) ushbu Kodeksning 60, 701, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 901, 92, 94-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; (291-modda birinchi qismining “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son) Oldingi tahrirga qarang. v1) ushbu Kodeksning 78-moddasida, 79-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 84-moddasida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida), 90-moddasining birinchi qismida (o‘rmon fondi yerlariga oid qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; (291-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-sonli Qonuniga asosan “v1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son) Oldingi tahrirga qarang. g) ushbu Kodeksning 901, 198, 227 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; (291-modda birinchi qismining “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-577-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son — 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 1861-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan; (291-modda birinchi qismining “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-noyabrdagi O‘RQ-734-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 03/21/734/1113-son) Oldingi tahrirga qarang. e) ushbu Kodeksning 1961, 224, 2241, 2242-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — chegara qo‘shinlarining mansabdor shaxslari tomonidan; (291-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-114-sonli Qonuni asosida “e” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 400-modda) Oldingi tahrirga qarang. j) ushbu Kodeks 2101-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — harbiylashtirilgan soqchilikning mansabdor shaxslari tomonidan; (291-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuniga asosan “j” band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda) Oldingi tahrirga qarang. z) ushbu Kodeksning 119 va 132-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan. (291-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuniga asosan “z” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki obyektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan sharoitlarda transport vositalari haydovchilari tomonidan ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda, transport vositalarini ushlab turish ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilguniga qadar amalga oshiriladi. (291-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-643-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 03/20/643/1410-son) Oldingi tahrirga qarang. Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi. (291-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilik buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining va chegara qo‘shinlarining transport vositalaridan tashqari) saqlab turish joylariga olib borish, joylashtirish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (291-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling