Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Download 0.5 Mb.
|
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi
32416-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatlari
Kassatsiya shikoyati (protesti) bir oygacha bo‘lgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa, ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. 32417-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan o‘rganilib, u ko‘pi bilan o‘n sutka muddatda quyidagi masalalarni hal etadi: 1) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 32414-moddasining birinchi qismiga muvofiq qaytarish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi; 2) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni talab qilib olish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi haqidagi. Shikoyatni (protestni) o‘rganish natijalariga ko‘ra, sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 1) shikoyatni (protestni) ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risida; 2) shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risida. Qabul qilingan qaror to‘g‘risida kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga uch kunlik muddatda xabar qilinadi. 32418-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish uchun kassatsiya instansiyasi sudiga kiritish to‘g‘risidagi ajrim mazmuni Shikoyatni (protestni) ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: Oldingi tahrirga qarang. 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; (32418-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son) 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi; 3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) birinchi va apellatsiya instansiyasi sudining nomi va ular tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining qisqacha mazmuni; 5) kassatsiya shikoyatining (protestining) qisqacha mazmuni; 6) shikoyatni (protestni) kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritish asoslari. Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqish uchun kiritish bilan bir vaqtda shikoyatni (protestni) bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini kassatsiya tartibidagi ish yuritish tamomlangunga qadar to‘xtatib turishga haqli. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling