Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Download 0.5 Mb.
|
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi
32419-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Ish kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritilganligi haqida uch kunlik muddatda kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxl qilsa, xabar qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxasi yoki ularning elektron nusxalari bilan kassatsiya instansiyasi sudining internet-resursi orqali tanishish imkoniyati to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning shikoyatga (protestga) doir e’tirozlarini yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida berish huquqi, ushbu e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi. 32420-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish. Shikoyatni (protestni) qaytarib olish Kassatsiya shikoyati bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisi boshlanguniga qadar uni yangi vajlar bilan to‘ldirishga yoki o‘zgartirishga haqli. Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror protestni kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisi boshlanguniga qadar to‘ldirishga yoki o‘zgartirishga haqli. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) o‘zgartirish yoki to‘ldirish kiritishda tegishincha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ, jabrlanuvchi yoki uning vakili yoxud prokuror tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning ahvolini yomonlashtirish to‘g‘risida masala, agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida (protestida) mavjud bo‘lmasa, qo‘yilishi mumkin emas. Kassatsiya shikoyati bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Kassatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va bu ajrim bilan, agar sud qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan bo‘lsa, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling