Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda


Download 0.5 Mb.
bet281/294
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1242460
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   294
Bog'liq
ma\'muriy huquqbuzarlik kodeksi

32426-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi ko‘rsatmalarining majburiyligi
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqan sudning ish holatlari to‘la-to‘kis va har tomonlama tekshirilishini ta’minlashga, shuningdek ushbu Kodeks normalari buzilishini bartaraf etishga qaratilgan ko‘rsatmalari ishni yangidan ko‘rayotgan apellatsiya instansiyasi sudi uchun majburiydir.
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yangidan apellatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun yuborayotganda ayb isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan afzalligi, ma’muriy huquqbuzarlikning tasnifi va ma’muriy jazo chorasi to‘g‘risida oldindan xulosalar chiqarishga haqli emas.
(XXIV1 bobning 2-paragrafi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
3-§. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish yuzasidan ish yuritish
32427-modda. Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sud o‘zi chiqargan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu paragrafda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va tartibda yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin.
(32427-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
32428-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘radigan sudlar
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘riladi.
(32428-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha qarorlarni qayta ko‘rish sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyada amalga oshiriladi.
(32428-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling