Hozirgi zamon boshqaruvi. Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari


Download 32.28 Kb.
bet2/3
Sana14.02.2023
Hajmi32.28 Kb.
#1197584
1   2   3
Bog'liq
5-мавзу

Ijodiy qarorlar birlamchi vujudga kelgan qarorlardir.
Ular ishni holatini, atroflicha O’rganib chiqilishini, maxsus izlanishlarni talab qiladi. Bu qarorlar kO’proq erkin harakat qilishini ko‘zda tutadi.
Hozirgi zamon boshqaruvining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
- ishlab chiqarish va biznes samaradorligini oshirishga intilish hamda korxona tomonidan rejalashtirilgan pirovard natijaga erishishga yo‘naltirilganlik;
-tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga bogliq holda belgilangan maqsadlar va dasturlarga doimiy ravishda tuzatish kiritib borish;
- rejalashtirish jarayonini joriydan istiqbolga qarab o‘zgartirish;
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisoblarni amalga oshirish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
-korxona faoliyatini samarali boshqarishga barcha xodimlarni jalb yetish;
boshqaruv jarayonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tahlil etish va tegishli moslashuvchan qarorlar asosida ish olib borish;
-korxona boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida innovatsion yondashuvdan keng foydalanish va h.k.lar. *
Shuni takidlash zarurki, korxonani samarali boshqarish bevosita quyidagilarga bog‘liq:
aniq maqsadning mavjudligi. Bu korxonaning samarali faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat yaratadi, uning xodimlari harakati yo‘nalishlarini belgilab beradi;
korxona barqarorligi, ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlarda mustahkamlik hamda doimiylikni taminlaydigan ichki muvofiqlashtiruvchi tizimga amal qilishi;
korxonaning barcha ichki jarayonlarini o‘z-o‘zini tartibga solish tamoyili asosida muvofiqlashtirilganligi;
korxonaning alohidaligi, yani, uni boshqa korxonalardan ajratib turuvchi chegaraning mavjudligi;
tashkiliy madaniyatning mavjudligi.
Boshqaruv qarorlarini alohida bir tashkilot darajasida tasniflash ularni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga va konkret holatlardagi sharoitlarda zng samaralilarini tanlashga imkoniyat yaratadi.
Biroq jarayonni murakkabligidan kelib chiqqan holda,qarorlarni ishlab chiqish,qarorlarni qabul qilish maqsadi, qarorlar tuzilmasi va talablariga ko‘ra oddiy va aniq tasniflanishni taqdim etish mushkulroq.
Shuning uchun muhandislik boshqaruvi qarorlarining turli tasniflari mavjud.

Download 32.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling