Hozirgi zamon boshqaruvi. Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari
Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari
Download 32.28 Kb.
|
5-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Optimal imkoniyat
- Mutaxassislar fikrlari integratsiya usullarining tasnifi
Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari.
Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni hisoblash grafik, tenglamalar va marjinal daromad kabi usullar yordamida amalga oshiriladi. Grafik usulda zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi)ni topish "Xarajat — mahsulot hajmi — foyda" yaxlit grafigini tuzish imkonini beradi Zararsizlik nuqtasidagi ishlab chiqarish (sotish) hajmi ishlab chiqarish (sotuv)ning ostonaviy hajmi deb ataladi. Agar korxona sotuvning ostonaviy hajmidan kam mahsulot sotsa, u zarar ko‘radi, ko‘p sotsa foyda oladi. Shuni ta’kidlash zarurki, ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasi va yalpi foyda chizmasini tasvirlashda turli darajadagi ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash muammosi paydo boladi. Zararsizlik nuqtasi chizmasi bo‘yicha foyda va zararlar o‘rtasidagi oqilona nisbatni aniqlash uchun jami xarajatlar va daromadlar chiziqlari orasidagi masofa aniqlanadi. Bunda foydaning oshishiga mahsulot hajmi o‘zgarishining tasirini aniqlashda qulay Boshqaruv hisobida ishlab chiqarish hajmi (quvvati) mashina va uskunalaroing bo‘sh turib qolishi, ularni tamirlash vaqti, ishdagi tanafuslar va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lib, u optimal yoki real imkoniyat darajasiga ega bo‘ladi. Optimal imkoniyat—mashina va jihozlarning bo‘sh turmasdan yuqori unum bilan ishlash darajasi hisoblanadi. Real imkoniyat esa — mashina va jihozlarning o‘rtacha (normal) quvvat bilan ishlashi mumkin bolgan imkoniyatidir. Demak, optimal imkoniyatdan real imkoniyatni chegirib tashlasak, ishlab chiqarish quvvati kelib chiqadi, bu amaliyotda nazariy quvvat (imkoniyat) deb ham ataladi. Mutaxassislar fikrlari integratsiya usullarining tasnifi Bozor iqtisodiyoti va ishlab chiqarish sharoyitlarini tahlil qilishda ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan holatda qarorlarni qabul qilishda malakali mutaxassislar fiklari integratsiya usuli keng qo‘llaniladi-ekspert baholash,shu bilan birga so‘rovlar va intervyular. Ekspert baholashning ekpertlarni ishni tashkil qilishiga qarab ikkita guruhga bo‘linadi: jamoaviy va indivudual. Birinchi guruhga yig‘ilish,ochiq muhokamausuli va qaror qabul qilish (komissiya usuli); «aqliy hujum usuli»; «sud» usuli. Download 32.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling