Hozirgi zamonda ko’pchilik yangi bozorlarning hosil bo’lishini, biznes-modellarning transformatsiyasini va yangi mahsulot hamda xizmatlar yaratilishini ko’rib va kuzatib turibdi
Download 34.14 Kb.
|
21.Raqamli elektron tijorat va 4.0 industriyaning rivojlanish istiqbollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron tijoratda mobil internet va mobil savdo jarayoni
3.8.Raqamli elektron tijorat va 4.0 industriyaning rivojlanish istiqbollari. Reja: 3.8.1. Elektron tijoratda mobil internet va mobil savdo jarayoni. 3.8.2.Raqamli iqtisodiyot yangi modellarining elektron tjoratda ishlatilishi. 3.8.3.Raqamli iqtisodiyotda va elektron tijoratning rivojlanish yo‘nalishlari. Elektron tijoratda mobil internet va mobil savdo jarayoni Hozirgi zamonda ko’pchilik yangi bozorlarning hosil bo’lishini, biznes-modellarning transformatsiyasini va yangi mahsulot hamda xizmatlar yaratilishini ko’rib va kuzatib turibdi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning eng asosiy ko’rsatgichlariga ishlab chiqarishning yangi turlariga (peer-to-peer production), ommaviy hamkorlik (mass coollaboration), intellektual mulkka ommaviy egalik (public property), taqsimlangan iste’mol modellar (sharing economy) ochiq mejnat bozori (free lancing) kabilar kiradi. Onlien retailing Europe ma’lumotlariga ko’ra hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda chakana savdoning umumiy hajmida elektron tijoratning ulushi o‘rtacha 9,7% ni tashkil qiladi va bu ulush yil sayin ortib bormoqda (Euromonitor, BCG tahlil ma’lumotlari). Masalan, Rossiyada raqamli iqtisofiyot bozori (internet savdo, internet servislar, kontent, elektron to’lovlar) YMD ning 2,2% ni tashkil qiladi, internetga bog‘liq bozorlar esa YMD ning 16% ni tashkil qiladi (Rossiyadagi internet servislar va kontentlar iqtisodi, RAEK, NIU BSHE, Ekonomika Runeta RF, c.5) va bu bozorlar salmog’i yil sayin o’rtib bormoqda. Bunga sabablar orasida to’rtinchi sanoat inqilobini, 4.0 Industriyatexnologiyalarini, ommaviy robotizatsiyani, virtual va qo’shimcha reallik texnologik platformalarini, 3D-printerlar kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. 4.0 Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida paydo bo’ldi va u qiymat hosil qilinishining global zanjiridagi tub o’zgarishlarni aniqlab bergan edi. Bunday industriya ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo’layotgan munos abatlarning majmui bo’lib, raqamli texnologiyalarning biznesning va mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilishi bilan bog’liqdir. O’zbekitonda 4.0 Industriya atamasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha tarmoqlarning raqamli transformatsiyasini anglatadi deyishimiz ham mumkin. Agarda bu atamani tizimlar nazaruyasi tilida ifodalasak, uni quyidagicha ta’riflash mumkin: 4.0 Industriyaishlab chiqarish zanjirlaridan tashkil qilingan tizim bo’lib, uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida online texnologiyalar (insonlar, mashinalar, bulutlar va data-markazlar) vositasida yaratilgan tizim elementlari orasida raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladi. Ushbu industriyadagi innovatsion texnologiyalarga big data, mobil texnologiyalar, sun’iy intellekt, neyron texnologiyalari, kvant texnologiyalari, taqsimlangan reestr texnologiyalari, ishlab chiqarish interneti (IioT), buyumlar interneti (IoT), robototexnika va sensorika, virtual va qo’shimcha voqe’lik ( VR va AR) larni kiritishimiz mumkin. Mobil internet davriga o’tish web-texnologiyalar rivojlanishidagi yangi bir bosqichlardan biri bo‘ldi. Buning natijasida 2008 yildan to 2016 yilgacha internet tarmog‘i foydalanuvchilari soni ikki martadan ko’proq ko’payib, ja hon miqyosida 3,2 millardga yetdi. Mamlakatlarning barcha xududlarida internet tizimining ishlay olishiga erishish nafaqat davlat miqyosidagi masala bo’lib qoldi, balki bu yo’nalishda transmilliy korporatsiyalar ham faol shug’ullanmoqdalar. Masalan, Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari uchun mo’ljallangan internet_org mobil ilova yaratish loyihasi Facebook korporatsiyasi tomonidan Samsung, Ericsson, Nokia va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda yaratilmoqda. Bu loyiha bo’yicha ijtimoiy ahamiyatli saytlarni ko’rib chiqish uchun kerakli bo’lgan trafik bepul bo‘ladi. Facebook ning yana bir loyihasi uchuvchisiz apparatlar –dronlar yordamida internet tarmoqlari yaratishdir. Bunga misol sifatida 2016 yil iyulida ishga tushirilgan quyosh batareyalarida i shlaydigan uchuvchi qurilma Aquila ni keltirish mumkin. Uning qanotlari uzunligi 42 metr, og’irligi esa 450 kG bo’lib, 90 kun davomida parvozda bo‘lishi mumkin (. Bu loyiha amalga oshirilganidan so’ng, Facebook borish qiyin bo’lgan xududlardagi barcha uylarda internetning beto’tov ishlashini ta’minlashi mumkin bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda mobil qurilmalar orqali internet va kontentning iste’moli miqdori internetga boshqa qurilmalardan bo’lgan chiqishlardan ko’ra ancha ko’proqdir. Bunga asosiy sabab, uyali aloqa operatorlari tomonidan mobil internet narxining kamaytirilishi va smartfonlarning sotuvi ko’payishidir. Masalan, 2015 yil avgust oyida jahondagi mobil qurilmalar soni dunyo bo’yicha yalpi aholi sonid an oshib ketdi (we are social, avgust 2015). Internetga mobil qurilmalardan chiqishlar vaqti ko’pchilik mamlakatlarda 50% dan ortib ketdi. Masalan, bu ko’rsatgich Kanadada 52% ni, Britaniyada 56% ni, AQSH da 61% ni tashkil qiladi (comScore, mart 2015). Forrester Research ning ma’lumotlariga ko’ra, 65% marketologlar mobil marketingdan foydalanadilar, ulardan 45% qismi esa mobil elektron pochta yordamida reklamani amalga oshiradilar (digital brending // brend management, №1 (80), 2015, c.25). Keyingi yillarda messenjerlar bozorining keskin rivojlanishi va komp’yuter o’yinlarining ommaviylashuvi kuzatilayapti. Masalan, Pokemon Go o’yining tezlik bilan ommaviylashuvi bunga bir yaqqol misol bo’la oladi. Facebook ning 2014 yil 4-choragidagi mobil reklamadan oladigan daromadi ijtimoiy saytdagi jami reklamaning 69% ni, uning foydalanuvchilari soni esa bir milliarddan oshib ketdi. tashkil qildi. Bundan tashqari Facebook avtomatik ravishda ko’rsatildigan 15 soniyali videorolikdan iborat bo’lgan mobil reklamaning yangi formatini taqdim qildi (http://rbcdaily.ru/media/562949991966597). Hozirgi kunga kelib, Google, Facebook va Yandex juda katta hajmdagi mobil trafikni amalga oshiruvchi mobil ekotizimlar bo’lib qoldi. Bulardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, dnuyo hozirda mobil internet va mobil tijorat davriga kirib keldi deyish mumkin. Bunday davr esa o’z navbatida birinchidan, offlayn “bricks and mortar” dan online biznesga o’tishni, ikkinchidan, “click business” ko’rinishidagi biznes-modellarning 100% online turlarini yaratishni va uchinchidan, “click and mortar” turidagi offline biznesga online uskunalar joylashtirshni talab qiladi. Keyingi davrlarda inson hayotiga va jamiyatga ijtimoiy saytlar ta’sirining yanada kuchayishi kuzatilayapti. Masalan, 2019 yilning fevral oyida dunyo aholisi 7,676 milliard bo’lgan holda, internet foydalanuvchilari soni 4,388 milliard nafar bo’lgan (57%), ijtimoiy saytlarda qayd etilganlar soni 3,484 milliard inson bo’lgan (45%) va 5,112 milliard inson mobil qurilmalarga ega bo’lganligi (67%) ma’lum bo’ldi (https://www.web-canape.ru/business/vsya-statistika-interneta-na-2019-god-v-mire-i-v-rossii/). Bu borada Davos halqaro forumi asoschisi Klaus Shvabning quyidagi iborasini keltirishimiz mumkin “Ijtimoiy saytlar marketing dunyosini o’zgartirib, milliardlab insonlarni reklama beruvchilarga, savdogarlarga va iste’molchilarga aylantirib yubordi” (BCG The Boston Consulting Group, 2015, p.72). Next deb nomlangan yangi avlodning vakillari o’z kommentlarini qoldirgan, fikrlarini boldirga va “do’stlar” sifatiddavraga kirgan shaxslarga ko’proq ishonadilar va shuning uchun ham ijtimoiy saytlar o’z faoliyatlarida xuddi shu xususiyatlarga aloxida axamiyat bera boshladilar. Jahondagi real xolat shuni anglatayaptiki, ko’pchilik internet foydalanuvchilari ijtimoiy saytlarda bundan keyin ham yangi profillar ochveradilar va o’z do’stlarining sonini oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli korporatsiyalar ham ijtimoiy saytlarda o’zlarining korporativ akkauntlarini hamda guruhlarini ochib, ko’chilikni ularga jalb qilaberadilar, chunki bu amal elektron peklamaning samarador vositalaridan biri bo’lib qolaveradi. Download 34.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling