Hozirgi zamonda ko’pchilik yangi bozorlarning hosil bo’lishini, biznes-modellarning transformatsiyasini va yangi mahsulot hamda xizmatlar yaratilishini ko’rib va kuzatib turibdi


Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari


Download 34.14 Kb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi34.14 Kb.
#1049020
1   2   3
Bog'liq
21.Raqamli elektron tijorat va 4.0 industriyaning rivojlanish istiqbollari

Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari
Raqamli elektron iqtisodiyotning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlaridan eng diqqatga sazovorlari Industriya 4.0 – Buymlar interneti,
Virtual va To’ldirilgan voqe’lik (VR va AR) hamda 3D-printerlar desak, aslo
yanglishmagan bo’lar edik. Hozirgi kunda internetga turli xildagi qurilmalardan kirishlar soni unga insonlarning kirishlari sonidan ko’ra ko’proq bo’lib ketgan (Lavina dannix//Ogonyok, №24, 24 oktyabr 2016, str.4-5). „Aqlli uy“, „Xaydovchisiz avtomobil“, „Ishchilarsiz zavod“ va „Inson ishtirokisiz savdo“ deb nomlangan loyihalar barchaga ma’lum va mashxur. Gamburg dengiz portida IoTtizimi portga kelayotgan yuk mashnalari haqidagi ma’lumotlarni yig’a va tahlil qila oladi. Buning natijasida portning o’tkazuvchanlik qobiliyati 178% ga ko’paygan. 2019-2020 yillarga kelib, IoT ning jahon bo’yicha yillik o’sish sur’ati 23% bolishi kutilgan holda, 2021 yilga kelibinternetga ulangan 28 milliard qurilmalardan 16 milliardi IoT bilan bog’liq qurilmalar bo’lishi bashorat qilingan. 2025 yilga kelib esa internetga uangan barcha datchiklar soni 10 trillion bo’lishi kutilmoqda. IoT bozori eng katta bozorlardan biri bo‘lib, u yil sayin faqat qo’paya boradi. 2020 yilga kelib bu bozorning hajmi €1,9 milliard evro bo’lishi BCG konsulting kompaniyasi tomonidan ta’kidlanmiqda (Evans Philip, BCG, 2015, p.74). Virtual voqe’lik (virtual realityv VR) va to’ldirilgan reallik (augmented reality – AR) texnologiyalari ham kelajak trendlari bo’lib, ular borgan sari ko’proq ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Virtual reallik texnologiyasi real dunyoni komp’yuter grafikasi vositasida yaratilgan virtual punyiga ko’chiradi. To’ldirilgan reallik texnologiyasi esa atrof-muxitdagi real dunyoni qo’shimcha elementlar, ma’lumotlar va ob’ektlar bilan to’ldiradi. Bunday texnologiyalar har bir hizmatchiga mashina va nexanizmlarning ichki tuzilishi ko’rishga va ishlashini kuzatishga imkon beradi. Natijada ishchi va hizmatchilar ob’ektni yaxshiroq tushunish, boshqarish va undagi potentsiyal havflar va buzilishlarning oldini olishlari mumkin bo’ladi. Masalan, BMW Group mutahassislari Miniavtomobillari markasi uchun mashina dvigatelining nosozliklarini aniqlashga imkon beradigan to’ldirilgan reallik ko’zoynaklarini yaratdilar. Bunday ko’zoynaklar yordamida
motorning ishini rangli uch o’lchamli tasvirda ko’rish va ta’mirlashlash uchun instruktsiyalarni olish mumkin (Ryussman Maykl, Ishchilar va robotlar uchun ish joylari, BCG, 2015, p.47). AR va VR texnologiyalarning yana boshqa faol qo’llanilish soxalariga ta’limni, muzeylar faoloyatini va vistavkalar taskil qilishni kiritish mumkin. Digi Capital kompaniyasining baholashiga ko’ra, 2020 yilga kelib, to’ldirilgan reallik bozorining hajmi $90 milliard dollarga yetar ekan.
Goldman Sacks ning bashoratlriga ko’ra esa 2025 yilga kelib, to’ldirilgan reallik
dasturiy ta’minotining sotuv hajmining o‘zi $9 milliard dollarga yetar ekan
(Texnoligiya va tarix//RBK, 15 iyul 2016 yil. №125(2381)). 2015 yilda Apple va
dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya RTS to’ldirilgan voqe’lok texnologiyalarini rivojlantirish uchun katta miqdorda investitsiyalar qilidilar –
Applekompaniyasi Metaio kompaniyasini sotib oldi, RTS esa $65 million dollarga Vuforia kompaniyasini harid qildi. To’ldirilgan voqe’lik qurilmalarini sotish bo’yicha Microsoft kompaniyasi ham mablag‘ ishlab olish maqsadida mahsus HoloLens ko’zoynaklarini sotuvga chiqardi. VR va AR texnologiyalari bilan Facebook ham faol ravishda qiziqmorda. Masalan, bu kompaniya virtual voqe’lik shlyomlarini ishlab chiqaradigan kompaniya Oculus ni $2 milliard ollarga sotib oldi. Virtual voqe’lik shlyomlarini ishlab chiqaradigan kompaniyalarga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Samsung, Sony, Microsoft va boshqalar.
Hozirgi davrda bitta virtual voqe’lik loyihasini amalga oshirish narxi 1-10 million
rubl atrofida bo’lishi tahmin qilinadi. IDC kompaniyasining baholoviga ko’ra, AR va VR bozorining umumiy hajmi 2020 yilga kelib$162 milliard dollar bo’lishi mumkin ekan. Kelajakdagi eng perspektiv texnologiyalar sirasiga esa aralash voqe’lik texnologiyalarini yoki gibrid voqe’lik texnologiyalarini kiritishimiz mumkin.
3D-printerlar ham Industriya 4.0 ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu texnologiyani amaliyotda „additiv texnologiyalar“ deb ham yuritiladi, 3D-pechatning ishlab chiqarishda ishlatilishi esa „additive manufacturing“ (AM) deb nomlangan. Ushbu usulning boshqalaridan farqi shundaki, kerakli mahsulot uni qavatma-qavat turli materiallarni (metallni, plastikni, gipsni, kompozir
materiallarning kukunlarini) ishlatgan holda ko’p marotabalab chop qilinib hosil
qilinadi. Bunday ko’p qavatli pechat usuli istalgan murakkablikdagi detallarni
svarkasiz, ulovlarsiz va butlovchi qismlarsiz tezkorlik bilan yaratish ( yasash)
imkonini beradi. 3D-texnologiya aviatsiyada, avtomobilsozlikda, meditsinada,
stomatologiyda, maishiy sohada, mahsus qurilmalar yasashda va boshqa yo’nalishlarda murakkab detallarni tez va arzon yaratishda ishlatilishi mumkin.
3D-printerlar yangi mexanizmlarning prototiplarini yaratishda va tayyor mexanizmlarning modellarini yasashda hamda ularni real sharoitlarda tekshirib ko’rishda ham ishlatilishi mumkin. Additiv texnologiyalarning boshqa afzalliklariga ishlab chiqarish tsiklining kamayishini, transport harajatlarining pasayishini, zakaz uchun mahsulotning kichik-kichik partiyalarini chiqara olishni ham ko’rsatish mumkin. Kelajakda 3D-printerlar ishlab chiqarish modelini o’zgartirib, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni bir -birlariga yaqinlashtirish uchun ham hizmat qilishi mumkin. Bu ayniqsa seriyali ishlab chiqarish va kichik partiyada mahsulotlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday turdagi ishlab chiqarish maqkazlashmagan ishlab chiqarish degan nomni olgan –distributed manufacturing (Zaxarov A. 3D-ishlab chiqarish//RBK, yanvar-fevral 2017. Str.21).
Hozirgi zamonda robototexnikaning evolyutsiyasi shunga olib keldiki, endi ular nafaqat oddiy operatsiyalarni bajara oladilar, balki ular insonlarning ovozlarini taniy oladilar, harakatlarini kuzata oladilar va sun’iy intellektga egadirlar. Bular hodimlar va ishchilar bilan birgalikda ishlay oladigan avtonom robotlaridir. ABBfirmasining YuMI deb nomlangan poboti mahsulot mahsulot yig’ish konveerida boshqa ishchilarning qo’llari konturlarini va yig’ilayotgan mahsulotning tarkibiy qismlarini taniy oladi. Kaliforniya shtatidagi Tesla avtomobillari zavodida 160 nafar universal ishlab chiqarish robotlari haftasiga 400 ta avtomobil yig’adilar.
Robototexnika halqaro federatsiyasining ma’lum qilishicha 2000-2012 yillarda
ishlab chiqarish robotlarining sotish hajmi 6 0% dan ortiqroq miqdorga o’sdi (Ford
M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.21). Yaponiyada
esa robotlar hizmat qiladigan mehmonhonalar juda ommabop hisoblanadi. Bu
yerlarda robotlar ovqat pishiradilar, idish yuvadilar, yig’shtiradilar, kofe tayyorlaydilar, yo‘lovchilarga yordam ko’rsatadilar. Misol sifatida yaponiyaning sushi-restoranlar tarmog’i Kura ni keltirish mumkin. Unda robotlar sushi pishirishga yordam beradilar, ofitsiyantlar hizmatini qiladilar, hisob varaqlari tayyorlaydilar va boshqa amallarni bajaradilar. Avtomatlashtirishga asoslangan tizimga o’tish tufayli Kura bir tarelka sushining narxini bir dollargacha tushirishga mufaffaq bo’ldi, bu esa raqobatchilar oldida katta afzallillarga erishishga imkon berdi. (http://www.nytimes.com/2010/12/31/business/global/31sushi.html). Shu turdagi boshqa robotlarga misol sifatida ikki o’lchamli ko’rish tizimiga ega bo’lgan robot Rethinkni, yuk tashuvchi robot Industrial Perseption larni keltirishimiz mumkin. Robotlar uchun mo’ljallangan operatsion tizimlar [ROS (Robot Operating Systems)] Stenford Universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasida ishlab chiqilgan. Keyinchalik bu tizimni to’laqonli robototexnik platformaga aylantirish Willow Garage, Inc. kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. ROS ochiq kodli va tekin dasturiy ta’minot hisoblanadi. Soha bo’yicha mutahassislarning fikrlaricha, 2025 yillarga kelib, robotlar ommaviy ravishda hayotga tadbiq qilina boshladilar va bu is samaradorligini 25% ga oshiradi(Ford M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.31). Uchuvchisiz qurilmalar (dronlar) ni ham tijoriy maqsadlarda ishlatish yuklarni tashish bo’yicha logistik operatsiyalarni, aerofotos’emkalarni, qurilish boshqaruvini va videokontentlar tayyorlashni avtomatlashtirishga yordam beradi. Markets&Marketskompaniyasining ma’lumot berishicha, 2020 yilga kelib, dronlar bozorining hajmi $5,6 milliard dollarga yetadi va yillik o’sish miqdori 32% dan kam bo’lmaydi. BI Intelligence kompaniyasi baholoviga ko’ra esa 2021 yilda dronlar bozori hajmi $12 milliard dollarga yetadi. Dronlardan foydalanish UPS, DHL, Amazon va Facebookkompaniyalariga logistika zanjirlarini yanada mukammallashtirishga va rivojlantirishga imkon beradi (PwC, Osipov I. Dronlar – yetkazib beruvchilar//RBK, yanvar-fevral 2017.str.32-33).
Download 34.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling