Христианлик дини, моҳияти, мазмуни
Xristianlikning vujudga kelishi va tarkalishi
Download 184.5 Kb.
|
Xristian dini 0
Xristianlikning vujudga kelishi va tarkalishi.
Xristian dinining kelib chikishi va tarkalishi milodning I-III asrlarida Rim imperiyasida yoyilgan umumiy tushkinlik, inkiroz, kullarning shafkatsizlarcha ezilishi, yaxudiylar jamoasida esa oddiy yaxudiylarning uch tomonlama ezilishi, ogir xayoti sababchi bulgan. CHunonchi, Rim imperiyasi tarkibiga kirgan yaxudiylar bir tomondan Rim xukumdorlari, ikkinchi tomondan yaxudiy podsholigi, uchinchi tomondan yaxudiy ruxoniylaridan jabr kurar edilar. Azob-ukubat chekayotgan va ezilayotganlarning bunday ijtimoiy kuchlar oldidagi ojizligi ularni diniy tasalli axtarishga olib keldi. SHu tarika insonlarni cheksiz jabr-zulm, azob va ukubatlardan ozod kilish xakidagi «xaloskorlik» goyalari paydo buldi. Bunday «xaloskorlik» goyalariga millionlab kullar, ezilganlar, jabr-diydalar maxliyo buldilar. SHunday kilib xristianlik dastavval kullarning, ezilganlarning, jabr-diydalarning orzu-umidlarini ifodalovchi, xaloskorlik dini sifatida paydo bulgan. Bu dindagi mazlumlarni shukur kilib yashashga, itoatguylik, oxiratda tenglik va’da kilinishi kabi goyalari xukmron tabakalarga kul kelgan. SHu sababli xristian dini uch-turt asrdan sung davlat diniga aylangan. CHunonchi Rim imperatori Konstantin bu dinni kabul kilib, 324 yilda xristianlikni davlat dini deb e’lon kildi. 325 yilda Konstantinning kursatmasi bilan jaxon xristianlarining birinchi yigini – Nikey sobori chakirildi. Bu sobor (yigin)da episkop va iloxiyotchilar xristianlikning asosiy akidalarini tasdikladilar, cherkov konun-koidalari yozilgan kitoblarni kabul kildilar va cherkov tashkiloti tugal xolga keltirildi. Diniy tashkilotda – pop, d’yakon, episkop, kardinal kabi kuyi va oliy mansablar joriy etildi. Ular xristianlikni targib etish, mustaxkamlash, diniy talablarni bajarilishini nazorat kilish ishlari bilan shugullanganlar. Din ishlari markazlashtirilib, unga yakka raxbar-dastlab episkop, keyinrok esa papa lavozimlari ta’sis etildi. Xristianlik xukmron mafkuraga aylanib xar kanday ish, ta’lim-tarbiya, xatto davlat ishlari xam ular nazorati ostiga olindi. Xristian davlatlarida episkop va papalar cheklanmagan xukukka ega buldilar. Xristianlikda zoxidlik, tarkidunyochilik kuchayib monastirlar paydo buldi. Rim episkoplari, V-asrdan esa papalar xristian olamiga tanxo xukumronlik kila boshladilar. XIII asrga kelib butun Ovrupo xristianlashtirildi. Rossiyada bu dinga chukintirish marosimi 988 yilda Kiev knyazi Vladimir tomonidan amalga oshirildi. SHunday kilib xristianlik yaxudiylik dini zaminida Falastinda paydo bulib sung jaxon dinlaridan biriga aylandi. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling