Html hujjat


foydalanuvchi nomi@xost-kompyuter nomi


Download 0.59 Mb.
bet43/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

foydalanuvchi nomi@xost-kompyuter nomi

Masalan: info@sies.uz

Internetda marshrutlovchi faqat @ belgisidan o‘ngda turadigan komanda qatorini ishlab chiqadi. Foydalanuvchi nomini kompyuterning o‘zi o‘qiydi.

Ushbu @ belgining nomlanishi haqida foydalanuvchilar dastlabki ma’lumotga ega bo‘lsalarda, uning paydo bo‘lishi haqida tasavvurga ega emaslar, o‘qilishiga keladigan bo‘lsak uni “et” .deb o‘qish lozim. 1971-yilda ArpaNet tarmog‘i doirasida xatlarni jo‘natish muammosini hal qilish uchun Kembrijdagi BBN Technologies kompaniyasi xodimi Rey Tomlinson ushbu loyihaga taklif etildi. Tomlinson bevosita foydalanuvchining nomi bilan host-kompyuter nomini ajratish uchun ushbu belgini qo‘llagan.

Sunday qilib, Elektron pochta (e-mail - electronic mail) oddiy pochta kabi vazifani bajaradi. U ma'lumotlarning bir manzildan ikkinchisiga jo‘natilishini ta'minlaydi. Uning asosiy afzalligi, vaqtga bog’liq emasligidadir. Elektron xatlar jo‘natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olgunga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, dastur fayllarini o‘z ichiga olishi mumkin.

Elektron xatlar bir vaqtning o‘zida bir necha manzillar bo‘yicha jo‘natilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki Internetning asosiy xizmat dasturlari bilan umumiy interfeysga ega. Bunday yondoshuvning mohiyati shundaki, xost kompyuterga talab elektron xat ko‘rinishida jo‘natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta'minlovchi standart yozuvlar to‘plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter farmoyish sifatida qabul qiladi va bajaradi.

Elektron pochta bilan ishlash uchun bir qator qo‘shimcha dasturlar yaratilgan, ularni mail umumlashgan nom bilan birlashtirish mumkin. Windows operatsion tizimida elektron pochta bilan ishlashni Microsoft Outlook Express ilovasi ta'minlaydi. Bu dasturlar quyidagi vazifalarni bajaradi:

- matnni yaratish;

- xat-xabarlarni o‘qish va saqlash;

- xat-xabarlarni o‘chirish;

- manzilni kiritish;

- xat-xabarlarni qabul qilish va jo‘natish;

- turli hujjatlarni, jadvallarni, rasmlarni va boshqa fayllarni import qilish (qabul qilish va kerakli formatga o‘zgartirish), xatga ilova qilish;  

- xatlarni mavzusiga qarab ajratish.

Elektron pochta ko‘p tomondan oddiy pochta xizmatiga o‘xshashdir. Xat-xabar foydalanuvchining o‘z ish joyida pochtani tayyorlovchi dastur yoki oddiy matn redaktori orqali tayyorlanadi. Keyin foydalanuvchi pochtani jo‘natuvchi dasturni ishga tushiradi (pochtani tayyorlovchi dastur avtomatik ravishda pochtani jo‘natuvchi dasturni ishga tushiradi) u xabarni jo‘natuvchining pochta serveriga jo‘natadi. Maxsus dastur pochtani saralash va oxirgi foydalanuvchilarning manzillari bo‘yicha tarqatish bilan shug‘ullanadi. Pochtani olish dasturi ishga tushirilgandan keyin manzil sohibi o‘zining pochta serveri bilan aloqa o‘rnatadi va hamma olingan xabarlarni uzatishni tashkil qiladi. Pochta serveri doimo tarmoqqa ulangan holda bo‘ladi, shuning uchun unga qatnashuvchi kompyuterlar u bilan zarurat tug‘ilgandagina aloqa o‘rnatishi mumkinligini alohida ta’kidlash zarur.

Bundan tashqari, pochtani Internetning boshqa turli serverlari orqali ham qabul qilish yoki jo‘natish mumkin bo‘ladi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling