Html hujjat


Download 0.59 Mb.
bet42/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

7.14. Elektron pochta xizmati


Elektron pochta (E-mail) Internet taqdim etadigan mashhur, ommabop xiz-mat turi sanaladi. Uning xususiyati shundaki, elektron pochta ma’lumotlarini shaxsiy kompyuter orqali jo‘natadi va qabul qiladi.

Ma’lumotlarni elektron pochta orqali jo‘natishda Internet kompyuterlari o‘rtasida TCP/IPning bir qismi hisoblangan  SMTP  protokolidan (Simple Mail Transfer Protocol) foydalaniladi. Xabarlar papkasiga kirishga ruxsat olish uchun olislashgan kompyuterlarda IMAP (Internet Message Access Protocol) kirish protokollaridan foydalaniladi. Odatda e-mail xabarlari faqat matndan iborat bo‘ladi, lekin unga ikkilik — fayl, grafik tasvirni, shuningdek, audio va video faylni kiritish mumkin. Buning uchun mijoz ham, server ham MIME (Multipurpose Internet Mail Extension — Internetning ko‘p maqsadli pochta kengayishi) bilan ishlay olishi kerak. MIME standarti Internetga ma’lumotlarni uzatishni ta’minlay olishi uchun ishlab chiqilgan. Bu ma’lumotlar sof matndan tashqari ma’lumotlarning ikkilik tizimini o‘z ichiga oladi.

Internetdagi pochta manzilgohi bir-biridan @ belgisi bilan ajratilgan ikkita qismdan iborat bo‘ladi, @ gacha turgan pochta manzilgohi — by pochta qutisini bildiradi va uni ko‘pincha foydalanuvchi nomi deb atashadi, @ dan keyingisi esa — xost-kompyuter manzili.

Elektron pochta manzilgohi shakli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling