Savol: Bu jonzotni yozib bering. Javob
Download 22.88 Kb.
|
20.05.2022 mahalla uchun savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
1-tur 1. Bu jonzotning nomi xitoychadan “niami-ponga” deb tarjima qilinib, bizning tilda bambuk ma’nosini anglatadi. Inglizlar bu jonzotni “Himolay yenoti” deb atashadi. Bir filmda U san’at ustasi darajasiga ko‘tarilgan. Savol: Bu jonzotni yozib bering. Javob: Panda Izoh: “Kung-fu panda” multfilmida ajdar jangchi unvoniga sazovor bo‘lgan. 2. Kemaga yashin urishi juda xavfli. Shuning uchun irimchi dengizchilar haftaning bir kunida dengizga chiqmaslikka harakat qilishgan. Savol: Qaysi kunda? Javob: Payshanba. Izoh: Yevropa tillarining ko‘pchiligida payshanba kuni nomi skandinav chaqmoq ilohi Tor nomidan kelib chiqqan (masalan, Thursday). Shuning uchun bu kunda dengizga chiqish jonini xavfga qo‘yishni bildirgan. 3. Stiven Spilberg yoshligida chalqancha yotib, ULARNI tomosha qilishni yoqtirganini eslaydi. Bunda u xazil aralash, gap Gollivuddagilari haqida emas, haqiqiylar haqida ketayotganini aytadi. Savol: ULARNI bir so‘zda yozib bering. Javob: Yulduzlar. Izoh: Rejissorying aytishicha, kosmik mavzuga qiziqishiga uning otasi sababchi bo‘lgan ekan, chunki u yulduzlarga qarab mo‘ljal olishga usta bo‘lgan. Shu tariqa bo‘lajak rejissorda yulduzlarga mehr uyg‘ongan. 4. Tennisda bir mavsumda Avstraliya, Fransiya, AQSh va Uimbldon turnirlarida g‘olib bo‘lgan tennischi “Katta dubulg‘a” egasiga aylanadi. Bundan tashqari, undan ham nufuzliroq unvon – “Oltin dubulg‘a” ham bor bo‘lib, unga har yili ega chiqib bo‘lmaydi. Savol: “Oltin dubulg‘a”ga ega chiqish uchun yuqorida sanalgan turnirlardan tashqari yana qaysi musobaqada g‘olib bo‘lish kerakligini yozib bering. Javob: Olimpiada o‘yinlarida. Izoh: Olimpiada o‘yinlari har 4 yilda bir marta bo‘ladi, shuning uchun uni faqat har 4 yilda yutish mumkin. Bu ishni tennis tarixida faqat bir sportchi – Shteffi Graf amalga oshirgan. 5. Mixail Treysterning fikricha, bu joy hayvonlar bizni hayotlarini xavfga qo‘ymay kuzatishi mumkin bo‘lgan yagona joy ekan. Poytaxtimizdagi bunday joylardan biri 1924-yilda tashkil etilgan. Download 22.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling